Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 16
(1-100)

Birinchi Kalima: اَلْحَمْدُ لِلّهِ dir. Bundagi hujjati iymoniyaga g’oyat qisqa bir ishora:

Ha, koinotda madori hamd va shukr bo’lgan qasdiy in`omlar va ne`matlar, xususan qon va axlat ichidan sof, toza, ozuqali sutni ojiz chaqaloqlarga yuborish va ixtiyoriy ehsonlar va hadyalar va marhamatli ikromlar va ziyofatlar zamin yuzini, balki koinotni to’ldirgan. Ularning narxi ham; boshda Bismilloh, oxirida Alhamdulillah, o’rtada ne`matda in`omni his qilish va Rabbini u bilan tanishdir. Sen o’z nafsingga, me`dangga, tuyg’ularingga qara! Qanchalar narsalarga, ne`matlarga muhtojdirlar. Va qay daraja hamd va shukr bahosi bilan rizqlarni, lazzatlarni istarlar, ko’r. Har ziyhayotni o’zingga qiyos ayla. Xullas, bu umumiy in`omlar muqobilida hol va qol tillari bilan qilingan hadsiz hamdlar juda qat`iy bir suratda bir Ma`budi Mahmud, bir Mun`imi Rahimning mavjudiyatini va umumiy rububiyatini Quyosh kabi ko’rsatadi.

Ikkinchi Kalima:  رَبِّ الْعَالَمِينَ  dir. Bundagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora:

Ha, biz ko’zimiz bilan ko’ryapmizki: Bu koinotda minglab emas, balki millionlab olamlar, kichik koinotlar aksari bir-biri ichida, har birining idorasi va tadbirining sharoiti boshqa-boshqa bo’lgani holda, shunday bir mukammal tarbiya, tadbir, idora qilinadiki; butun koinot bir sahifa kabi har on nazarida va butun olamlar bittadan satr kabi qalami qudrat va qadari bilan yoziladi, yangilanadi, o’zgaradi. Bir nihoyasiz rububiyat ichida nihoyasiz bir ilm va hikmat va qamrovli hadsiz bir rahmat va diqqat bilan bu millionlab olamlarni va oquvchi koinotlarni idora qilgan bir Rabb-ul Olamiynning vujubi vujudiga va vahdatiga kulliy va juz`iy guvohliklar, zarralar va zarralardan tarkib topgan mavjudlar adadicha hadsiz, nihoyasiz guvohliklar har on va zamon kelmoqdalar. Zarralar dalasidan to quyosh sistemasiga, to Somon yo’li deyilgan Kahkashon doirasiga va bir hujayra-i badandan to zamin mahzaniga, to koinot hay`ati majmuasiga qadar ayni qonun, ayni rububiyat, ayni hikmat bilan barobar idora va tarbiya qilgan bir rububiyatni tasdiq va his qilmagan, bilmagan, ko’rmagan bir inson, albatta hadsiz bir azobga o’zini haqdor qiladi va marhamatga layoqatini yo’qotadi.

Аудио мавжуд эмас