Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 17
(1-100)

Uchinchi Kalima: اَلرَّحْمنِ الرَّحِيمِ dir. Bundagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora:

Ha, koinotda hadsiz rahmatning mavjudiyati va haqiqati aynan Quyoshning ziyosi kabi ko’rinadi. Va ziyoning Quyoshga qat`iy guvohligi kabi, bu keng rahmat ham, parda orqasida bir Rahmoni Rahimga guvohlik qiladi. Ha, rahmatning bir ahamiyatli qismi rizqdirki, Rahmonga Razzoq ma`nosi beriladi. Rizq esa, shu daraja yaqqol bir tarzda bir Razzoqi Rahimni ko’rsatadiki, zarra qadar shuuri bo’lgan tasdiqqa majbur bo’ladi. Masalan: Barcha ziyhayotning, xususan ojizlarning va ayniqsa chaqaloqlarning butun zaminda va fazoda ixtiyor va iqtidorlarining xorijida g’oyat hayratomuz bir tarzda hechdan va bir-biriga o’xshash urug’lardan va suv qatralaridan va tuproq donchalaridan yetishtiradi. Hatto daraxtning boshidagi uyada qanotsiz, zaif qushchalarga onalarini amr tinglaydigan askar kabi kezdiradi, rizqlarini keltirtiradi. Va och bir arslonni bolasiga musahhar qiladi, qo’lga kiritgan go’shtini yemasdan bolasiga yediradi. Va boshqa hayvonotning va insonning bolalariga ko’kraklar chashmasidan obi kavsar kabi xush, oziqlantiruvchi, sof, xolis, oq sutlarni qizil qon va kir axlat ichidan kirlatmasdan, bulg’atmasdan yordamlariga yuboradi, volidalarining shafqatlarini yordamchi qilib beradi. Va bir navi rizq istagan umum daraxtlarga munosib rizqlarini ularga juda hayratomuz bir tarzda yugurtirgani kabi, bir navi moddiy va ma`naviy rizq istagan insonning tuyg’ulariga; aql, qalb, ruhlariga ham juda keng bir rizq dasturxoni ularga ehson qilinmoqda. Go’yo koinot gul chechagining yaproqlari va makkajo’xori boshog’ining ko’ylaklari kabi bir-biri ichida o’ralgan, yuz minglab boshqa-boshqa, turli-tuman dasturxonlardirki, u dasturxonlar adadicha va ulardagi taomlar va ne`matlar miqdoricha tillar bilan va boshqa-boshqa, kulliy va juz`iy lisonlar bilan bir Rahmoni Razzoqni, bir Rahimi Karimni butun-butun ko’r bo’lmaganga ko’rsatadi.

Аудио мавжуд эмас