Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 14
(1-100)

Uchinchidan: Hech mumkinmidirki, o’z kamolotini va qudrat va rububiyatini izhor qilish uchun bu koinotni barcha zarralar va sayyoralar va qismlar va tabaqalari bilan yaratib kamoli hikmat bilan har  birisini bir vazifa bilan, balki ko’p vazifalar bilan doimo ishlattirgan va sarmadiy, hadsiz ismlarining jilvasini ko’rsatish uchun to’da-to’da orqasida, balki kezuvchi yangilangan dunyo-dunyo orqasida va maxluqot toifalarini bu musofirxona-i olamga va hayoti dunyoviya maydoni imtihoniga yuborib olami misolda qurilgan uxroviy kinolar va barzohiy fotoapparat bilan suratlarini va amallarini va vaziyatlarini olib, ularni bo’shatishdan so’ng, boshqa toifa va to’da va oquvchi va kezuvchi bir navi dunyolari u maydonga vazifalar va ismlarining jilvasiga oynalar bo’lish uchun yuborgan bir Sone`i Zuljalol, bir Xoliqi Zuljamol, bir Allohi Zulkamol bu foniy dunyoda shuur va aql bilan u Xoliqning barcha maqsadlariga qarata javob bergan va barcha iste`dodi bilan u Xoliqni sevib-sevdirib tanib-tanittirib hadsiz duolar bilan baqo-i oxirat saodatini yolvorgan va aql sababi bilan nihoyasiz alamlar olganidan, butun fitrati va ruhi va iste`dodi bilan ayni lazzat bo’lgan hayoti boqiyani istagan bu nav`-i inson uchun bir dori mukofot va jazo, bir hashr-nashr bo’lmasin? Aslo! Yuz ming marta yo’q va aslo!

Xullas, bu qisqacha ishoraning izohlari va tafsilotlari va hujjatlari porloq va quvvatli bir suratda Risola-i  Nurda bo’lishidan, unga havola qilib bu juda uzun qissani qisqartiramiz.

 سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

* * *

Аудио мавжуд эмас