Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 12
(1-100)

O’NINCHI KALIMA: وَ هُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ dir. Bundagi hujjatga  g’oyat qisqa bir ishora shudir:

Bu musofirxona-i dunyoga kelgan har ziyshuur, ko’zini ochish bilan ko’radiki: Bir qudrat butun koinotni qo’lida tutgan va nihoyasiz, hech adashmagan azaliy, qamrovli bir ilm va g’oyat diqqatli, hech mezonsiz, foydasiz harakat qilmagan bir sarmadiy hikmat va inoyat u qudratning ichida bo’lib zarralar qo’shinidan birgina zarrani majzub mavlaviy kabi aylantirib ko’p vazifalarda ishlattirgani kabi, yer kurrasini ayni onda, ayni qonun bilan bir yilda yigirma to’rt ming yillik bir doirada yana bir majzub mavlaviy kabi kezdiradi. Mavsumlarning mahsulotlarini hayvon va insonlarga keltirgan ayni qonuni bilan, ayni zamonda Quyoshni bir makik, bir charx qilib markazida jazbadorona va jozibakorona aylantirib quyosh sistemasi qo’shini bo’lgan sayyoralar yulduzlarini mukammal mezon va intizom bilan vazifalarda ishlattiradi. Va ayni qudrat ayni zamonda, ayni qonuni hikmat bilan zamin sahifasida yuz minglab kitob hukmida yuz minglab navlarni barobar, bir-biri ichida, chalkashtirmasdan, xatosiz yozadi, hashri a`zamning minglab namunalarini izhor qiladi. Va ayni qudrat, ayni zamonda havo sahifasini bir yozib o’chiradigan taxtasiga aylantiradi. Barcha zarralarini bittadan qalam uchlari va u kitobning nuqtalari hukmida amr va iroda ularga tayin etgan vazifalarida iste`mol etib va barcha o’sha zarralarga har biriga shunday bir qobiliyat berganki, go’yo barcha so’zlarni va so’zlashuvlarni biladigandek oladi, tarqatadi, adashmaydi. Kichkina bittadan quloq, nozikkina bittadan lison sifatida ishlattirib unsuri havo amr va iroda-i Ilohiyning bir arshi bo’lganini isbot qiladi.

Xullas, bu qisqa ishoraga qiyosan, bu koinotni bir muntazam shahar, bir mukammal bino va musofirxona, bir mo’`jizali kitob va Qur`on hukmiga keltirib umumidan to bir zarraga qadar barcha maxluqot tabaqalarini va doiralarini va toifalarini mezoni ilm va nizomi hikmat bilan qo’liga olgan, tasarruf etgan; qudrati ichida hikmatini, rahmatini ko’rsatgan va rububiyati mutlaqasi ichida mavjudiyatini va vahdoniyatini Quyosh va kunduz kabi bildirib tanittirishiga muqobil, iymon bilan tanish va sevdirishiga muqobil ubudiyat bilan sevish va ehsonotlariga javoban, shukr va hamd istagan bunday bir Rahmoni Rahimni tanimagan va ubudiyat bilan uni sevishga harakat qilmagan, balki inkor bilan unga bir navi adovat tashigan inson suratidagi shaytonlar bittadan kichik Namrud va Fir`avn hukmida nihoyasiz bir azobga albatta haqdor bo’ladi.

Аудио мавжуд эмас