Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 10
(1-100)

TO’QQIZINCHI KALIMA: بِيَدِهِ الْخَيْرُ dir. Bundagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora shudir:

Ko’ryapmizki: Bu koinotda har doira, har nav, har tabaqa, hatto har fard, har a`zo, hatto har badandagi har bir hujayraning zaxira rizqini tashigan bir mahzani, bir ombori va kerakli narsalarini yetishtirgan, muhofaza qilgan bir dalasi va xazinasi borki; g’oyat intizom va mezon bilan va nihoyasiz hikmat va inoyat bilan o’z vaqtida -muhtojning iqtidor va ixtiyori xorijida- bir g’aybiy qo’l tarafidan u muhtojning qo’liga berilmoqda. Masalan: Tog’lar ziyhayotga va insonga lozim bo’lgan barcha ma`danlarni, dorilarni va hayotga lozim narsalarni tashiydi va birining amri bilan va tadbiri bilan g’oyat mukammal bir xazina, bir ombor bo’lgani kabi.. zamin ham barcha o’sha ziyhayotning ozuqalarini bir Razzoqi Hakimning quvvati bilan yetishtirgan mukammal mezon va intizom bilan bir dala, bir xirmon, bir oshxonadir. Hatto har insonning va jismidagi har bir a`zoning bir ombori va mahzani, hatto bir hujayraning ham bir zaxira mahzanchasi bo’lishi kabi.. bora-bora to oxirat yurtining bir mahzani dunyodir va Jannatning bir dalasi va ombori, bu olamdagi husnlarni va hasanotlarni va nurlarni hosil bergan olami Islomiyat va haqiqatli insoniyat; va Jahannamning bir ombori esa, sharlarni va xunukliklarni va kufrlarni hosil bergan va shar bo’lgan adamdan kelgan va xayr bo’lgan vujud olamlarini kirlatgan iflos moddalar, toifalar; va yulduzlarning harorat mahzani Jahannam va nurlar xazinasi bir Jannatdirki; "Biyadihilxoyr" kalimasi barcha o’sha hadsiz xazinalarga ishora bilan juda porloq bir hujjatni ko’rsatadi.

Ha, bu kalima bilan va بِيَدِهِ مَقَالِيدُ كُلِّ شَىْءٍ jumlasi bilan -ya`ni "Hamma narsaning kaliti uning qo’lidadir"- nihoyasiz keng va hadsiz g’aroyib bir hujjati rububiyat va vahdatni butun-butun ko’r bo’lmaganga ko’rsatadi. Masalan hadsiz o’sha xazina va omborlardan yolg’iz bunga boqki: Har biri bir ulkan daraxtning yoki bir porloq gulning jihozlarini va muqaddarotining dasturini tashigan kichkina mahzanchalar bo’lgan urug’lar va danaklarning kalitlari qo’lida bo’lgan bir Mutasarrifi Hakim bir urug’ning eshikchasini

 

Аудио мавжуд эмас