Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 20
(1-100)

Beshinchi Kalima: اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dir. Bundagi hujjatga ishora o’laroq avval haqiqatli bir sayohati xayoliyani Yigirma To’qqizinchi Maktubning izohiga binoan qisqacha bayon qilish qalbga keldi. Shundayki:

Bir zamon Qur`onning mo’`jizalarini qidirarkan; Risola-i Nurda, xususan Ishorat-ul I`joz tafsiri Nuriyda va Rumuzi Samoniyada bayonlari kabi, Sura-i Fathning oxiridagi oyatda to’rt-besh mo’`jiza va g’aybiy xabarni, hatto اَلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ  jumlasida bir tarixiy mo’`jizani, hatto ko’p kalimalarida ko’pgina i`joz yog’dularini va ba`zi harflarida mo’`jizona nuktalarni topganim bir zamonda, namozda Fotihani o’qirkan نَعْبُدُ نَسْتَعِينُ dagi "nun"ning bir mo’`jizasini menga bildirish uchun bir savol qalbga keldi: Nima uchun اَعْبُدُ اَسْتَعِينُ ya`ni "Men ibodat qilaman va yordam so’rayman" deyilmadi?

Nun-i mutakallimi maalg’ayr bilan, ya`ni "Biz senga ibodat qilamiz va yordam so’raymiz" degan? Birdan o’sha "nun" eshigi bilan bir sayohati xayoliya maydoni ochildi. Namozdagi jamoatning azim sirrini va buyuk manfaatini va bu birgina harf bir mo’`jiza bo’lganini shuhud darajasida bildim va ko’rdim. Shundayki:

Men o’sha zamon Istanbulda Boyazid Masjidida namoz o’qirkan, اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dedim. Qaradim, u masjiddagi jamoat men kabi deb bu da`vomga va اِهْدِنَا dagi duomga tamoman ishtirok qilib tasdiq qilgan zamonlarida, bir parda yana ochildi. Ko’rdimki, Istanbulning barcha masjidlari katta bir Boyazid hukmiga o’tdilar. Aynan men kabi  اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deb mening da`volarimga va duolarimga imzo bosmoqdalar, omin demoqdalar.

 

Аудио мавжуд эмас