Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 21
(1-100)

Va menga bir navi shafoatchi suratini olishlari ichida, xayolimga bir parda yana ochildi. Ko’rdimki, olami Islom katta bir masjid suratini oldi. Makka, Ka`ba mehrob hukmiga o’tdi. Barcha namoz o’qigan musulmonlarning saflari doiraviy bir tarzda o’sha qudsiy mehrobga yuzlanib, men kabi اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ اِهْدِنَا deb, har biri umum nomiga ham duo, ham da`vo, ham tasdiq qiladi, ham ularni o’ziga shafoatchi qiladi. Ham bu qadar azim bir jamoatning yo’li, da`vosi xato bo’lolmas va duosi rad qilinmaydi; shaytoniy vasvasalarni quvadi deb o’ylarkan va namozda jamoatning buyuk manfaatlarini ko’rish darajasida tasdiq qilarkan, bir parda yana ochildi. Ko’rdimki, koinot bir masjidi akbar va barcha maxluqot toifalari bir saloti kubroda jamoat bilan har biri o’ziga maxsus bir ibodat bilan va hol tili bilan bir navi namoz qilayotgandek Ma`budi Zuljalolning qamrovli rububiyatiga qarshi juda keng bir ubudiyat bilan javob berish uchun har biri umumning guvohliklarini va tavhidlarini tasdiq qiladiki, ayni natijani isbot tarzida vaziyat olmoqdalar deb mushohada etarkan, birdan bir parda yana ochildi. Ko’rdimki, qandayki bir insoni akbar bo’lgan koinot lisoni hol va ko’p parchalari iste`dod va ehtiyoji fitriy lisoni bilan va ziyshuur mavjudotlari lisoni qol bilan اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ demoqdalar va Xoliqining marhamatkorona rububiyatiga qarshi ubudiyatlarini ko’rsatmoqdalar. Aynan shuning kabi, bittadan kichkina koinot hukmida u ulkan jamoatda har bir birodarimning jasadi kabi mening jasadimdagi zarralar va quvvalar va tuyg’ularim ham Xoliqining rububiyatiga qarshi itoat va ehtiyojlarining lisoni holi bilan اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deb amr va iroda-i Ilohiyaga ko’ra harakat qilganlarini va har onda Xoliqlarining inoyatiga va rahmatiga va yordamiga muhtoj bo’lganlarini ko’rsatmoqdalar ko’rdim. Ham namozdagi jamoatning qudsiy sirini, ham nunning go’zal mo’`jizasini hayrat bilan mushohada etib, nun eshigi bilan kirganim kabi chiqdim, Alhamdulilloh dedim. اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ jumlasini o’sha uch jamoatning va o’sha katta va kichkina birodarlarim hisobiga ham aytishga o’rgandim. Hozir muqaddima tugadi, mavzuga qaytamiz.

            اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ  ishora qilgan hujjatlariga g’oyat qisqa bir ishoradir:

 

Аудио мавжуд эмас