Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 24
(1-100)

Yettinchi Kalima: صِرَاطَ الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ dir. Bundagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora:

Birinchidan: عَلَيْهِمْ kimlardir? deb مِنَ النَّبِيِّينَ وَالصِّدِّيقِينَ وَالشُّهَدَاءِ وَالصَّالِحِينَ oyati bayon qilib, nav`-i basharda istiqomat ne`matiga sazovor to’rt toifani bayon ichida u toifalarning raislariga اَلنَّبِيِّينَ bilan Muhammad Alayhissalotu Vassalomga, وَالصِّدِّيقِينَ bilan Abu Bakr Siddiq Roziyallohu Anhga, وَالشُّهَدَاءِ bilan Umar va Usmon va Ali Roziyallohu Anhumga ishora qilib, Payg’ambardan (S.A.V.) keyin Siddiq (RA.), keyin Umar (RA.), Usmon (R.A.), Ali (R.A.) uchovi ham shahid, ham xalifa bo’ladilar deb g’aybiy xabar bilan bir mo’`jizalik yog’dusi ko’rsatadi.

Ikkinchidan: Nav`-i basharning eng yuksak, eng mustaqim, eng sodiq bu to’rt toifasi Odam (A.S.) zamonidan beri hadsiz hujjatlar, mo’`jizalar, karomatlar, dalillar, kashfiyotlar bilan bor quvvatlari bilan da`vo qilib va basharning aksari ularni tasdiq qilgan haqiqati tavhid, albatta Quyosh kabi qat`iydir. Bu hadsiz insonlarning mashhurlari yuz minglab mo’`jizalar bilan va hadsiz hujjatlar bilan to’g’riliklarini va haqqoniyatlarini ko’rsatib tavhid va vujubi vujud va vahdati Xoliq kabi musbat masalalarda ittifoqlari va ijmo`lari shunday bir hujjatdirki, hech bir shubha qoldirmaydi. Ajabo, koinotning ahamiyatli natija-i xilqati va zaminning xalifasi va ziyhayotlarning iste`dod jihatidan eng jam`iyatli va yuksagi bo’lgan nav`-i basharning eng mustaqimlari, eng sodiq va musaddaq murshidlari va kamolotda raislari bo’lgan mazkur o’sha to’rt toifaning ijmo` va ittifoq bilan iymon keltirib xabar berganlari va koinotni butun mavjudoti bilan dalil ko’rsatib haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn e`tiqod qilganlari va tebranmas qanoat keltirganlari bir haqiqatni tanimagan va inkor qilgan hadsiz bir jinoyat va nihoyasiz bir azobga haqdor bo’lmasmi?

 

Аудио мавжуд эмас