Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 27
(1-100)

اَلْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

           

(Hoshiya): Xullas, darajalarga ko’ra bir omi bir urug’ qadar bu qudsiy haqiqatdan hissa olsa, ruhan taraqqiy qilgan bir komil inson bir xurmo daraxti qadar hissa oladi. Faqat hali taraqqiy qilmagan bir odam Fotiha o’qirkan bu ma`nolarni qastdan xotirga keltirmasligi kerak, toki huzurga zarar bo’lmasin. Agar u maqomga taraqqiy qilsa, zotan u ma`nolar o’zlarini ko’rsatadilar.

 (Hoshiyacha): Bu izohdagi "qastdan" kalimasining izohini Ustozimizdan so’radik. Olgan javobimizni aynan yozmoqdamiz:Uchinchi Madrasa-i Yusufiyadagi Risola-i Nur talabalari nomiga  Jaylon

 Tashahhud va Fotiha kalimalarining keng va yuksak ma`nolari qasdiy emas, balki bevosita mashg’uliyat va huzurga bir navi g’aflat bergan tafsilotni emas, balki lo’nda va qisqa ma`nolari g’aflatni tarqatadi, ubudiyatni va munojotni porlatadi ko’ryapman. Namozning va Fotiha va tashahhudning juda yuksak qiymatlarini to’liq ko’rsatadi. Ikkinchi Qismning oxirida "qasddan mashg’ul bo’lmaslik"dan murod esa: U ma`nolarning tafsiloti bilan shaxsan mashg’ul bo’lish, ba`zan namozni unuttiradi, huzurga balki ta`sir qiladi. Bo’lmasa bevosita va muxtasar bir tarzda buyuk foydalarini his qilyapman.

* * *

Аудио мавжуд эмас