Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 29
(1-100)

BIRINCHI ISHORA: Bu koinot sohibining tazohuri rububiyatiga va sarmadiy uluhiyatiga va nihoyasiz ehsonlariga kulliy bir ubudiyat va tanittirish bilan javob bergan Muhammad Alayhissalotu Vassalom bu koinotda Quyoshning kerakligi kabi juda lozimdirki, nav`-i basharning ustozi akbari va buyuk payg’ambari va Faxri Olam va لَوْلاَكَ لَوْلاَكَ لَمَا خَلَقْتُ اْلاَفْلاَكَ xitobiga sazovor va haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) ham olam yaratilishining sababi, ham natijasi va eng mukammal mevasi bo’lgani kabi, bu koinotning haqiqiy kamoloti va sarmadiy Jamili Zuljalolning boqiy oynalari va sifatlarining jilvalari va hikmatli fe`llarining vazifador asarlari va juda ma`nodor maktublari bo’lishi va boqiy bir olamni tashishi va barcha ziyshuurlarning mushtoq bo’lganlari bir dori saodat va oxiratni natija berishi kabi haqiqatlari haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) va Risolati Ahmadiya (S.A.V.) bilan amalga oshganidan, qanday bu koinot uning risolatiga g’oyat quvvatli va qat`iy guvohlik qiladi; xuddi shuning kabi: Boshda olami Islom, butun bashar va butun ziyshuur Jahannamdan yanada achchiq va qo’rqinch bo’lgan adamdan, hechlikdan, abadiy yo’q bo’lishdan, mutlaq fanodan qutulish uchun doimiy ishq va shavq bilan har zamonda va jome` mohiyatining barcha quvvatlari bilan, barcha iste`dodlar lisonlari bilan, barcha duolar va ibodatlar va yolvorishlarining tillari bilan istaganlari hayoti boqiyani quvvatli va qat`iy bashorat bergan risolati Ahmadiya (S.A.V.) va haqiqati Muhammadiyaga (S.A.V.) guvohlik qilib nav`-i basharning sababi iftixori va ashrafi maxluqot bo’lganiga imzo bosgani kabi.. har zamonda uch yuz ellik  million ahli iymonning اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirricha, har kun qilgan barcha hasanotlar va xayrlarning bir misli Muhammad Alayhissalotu Vassalomning daftari hasanotiga kirishi va u birgina shaxsiyati Muhammadiya (S.A.V.) yuzlab million, balki milliardlab obidi muhsin qadar kulliy bir ubudiyatga va fayzlarga sazovor bir maqom qozonishi, u zotning (S.A.V.) risolatiga juda quvvatli guvohlik qilib imzo bosadi.

Аудио мавжуд эмас