Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 30
(1-100)

IKKINCHI ISHORA: Mening virdimda har vaqt tafakkur bilan qaraganim yigirmadan ziyoda guvohliklarga ishora qilgan

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ صَادِقُ الْوَعْدِ اْلأَمِينُ بِشَهَادَةِ ظُهُورِهِ دَفْعَةً مَعَ اُمِّيَّتِهِ بِاَكْمَلِ دِينٍ وَاِسْلاَمِيَّةٍ وَشَرِيعَةٍ وَبِاَقْوٰى اِيمَانٍ وَاِعْتِقَادٍ وَعِبَادَةٍ وَبِاَعْلٰى دَعْوَةٍ وَمُنَاجَاةٍ وَدَعَوَاتٍ وَبِاَعَمِّ تَبْلِيغٍ وَاَتَمِّ مَتَانَةٍ خَارِقَاتٍ مُثْمِرَاتٍ لاَمِثْلَ لَهَا

            Qisqa bir navi tarjimasi va ma`nosi: Ya`ni Muhammadning (S.A.V.) risolatiga guvohlik qilgan:

Birinchisi: O’n bir holatlaridan chiqqan bir hujjati risolatdir. Ha, o’qishni va yozishni o’rganmagani va ummiy bo’lgani holda, o’n to’rt asrning aqllilarini, faylasuflarini hayratda qoldirgan va samoviy dinlarda birinchilikni qozongan bir din bilan birdan, tajribasiz va birdaniga maydonga chiqishi o’xshash qabul qilmaydigan bir holat bo’lgani kabi; so’zlaridan, fe`llaridan, hollaridan chiqqan Islomiyat har zamonda uch yuz ellik million insonning ruhlariga, nafslariga, aqllariga tarbiyakorona dars berishi va ma`naviy taraqqiyotga chorlashi, mislsiz bir holatdir. Ham shunday bir shariat bilan maydonga kelganki; odilona qonunlari bilan nav`-i basharning beshdan birini o’n to’rt asrda moddiy va ma`naviy taraqqiy ichida idora etishi mislsiz bir holat bo’lgani kabi, u zot (S.A.V.) shunday bir iymon va e`tiqod bilan maydonga chiqdiki, butun ahli haqiqat har zamon uning martaba-i iymonidan fayz olishlari bilan barobar eng yuksak va eng quvvatli bir darajadadir deb ittifoqan tasdiqlari va u zamonda hadsiz qarshi chiqqanlarining unga muxolafati zarra qadar bir xavotir, bir vasvasa, bir shubha bermasligi ko’rsatadiki, quvvati iymoniyada ham uning o’xshashi yo’q va u kulliy yuksak iymoni mislsizdir. Ham shunday bir ubudiyat va ibodat ko’rsatdiki; boshlanish va oxirni birlashtirib hech kimni taqlid qilmasdan, ibodatning eng nozik sirlarini ko’rib rioya qilib eng tahlikali zamonlarda ham aynan ubudiyatni qilishi mislsiz bir holat bo’lgani kabi, Xoliqiga qarshi shunday duolar va munojot va yolvorishlar qilganki, bu zamonga qadar fikrlarning qo’shilishi bilan barobar u martabaga yetishilmagan. Masalan: Javshan-ul Kabir munojotida ming bir asmo-i Ilohiyani shafoatchi qilib Xoliqini shunday bir tarzda vasf va ta`rif qiladiki, o’xshovi yo’q. Va ma`rifatullohda hech kim unga yetisholmasligi, mislsiz bir holatdir. Ham shunday bir matonat bilan insonlarni dinga da`vat va shunday bir jur`at bilan risolatini tablig’ etganki, qavmi va amakisi va dunyoning buyuk davlatlari va eski dinlarning tobelari unga muoriz va dushman bo’lganlari holda, zarra qadar qo’rqmasdan, chekinmasdan umumiga qarshi chiqishi va boshga ham chiqarishi mislsiz bir holatdir.

 

 

Аудио мавжуд эмас