Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 33
(1-100)

Ya`ni: Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon hadsiz haqiqatlar va hujjatlari bilan risolatiga, sodiqiyatiga guvohlik qiladi. Ha, qirq jihat bilan mo’`jiza bo’lgani Zulfiqor Majmuasida isbot qilingan va o’n to’rt asrni nurlantirgan va nav`-i basharning beshdan birisini o’zgarmagan qonunlari bilan idora etgan va o’sha zamondan hozirga qadar barcha muorizlarga qarshi chiqib hech kim hatto bir surasining mislini keltirishga jasorat qilmagan va Oyat-ul Kubroda isbot etilgani kabi olti jihati nuroniy, shubhalar kirolmagan va olti maqomi kubro haqqoniyatiga imzo bosgan va tebranmas olti haqiqatlarga tayangan va har zamonda yuzlab million lisonlar bilan shavq va hurmat bilan o’qilgan va har daqiqada millionlab hofizlarning qalblarida qudsiyat bilan yozilgan va olami Islomning barcha guvohliklari va iymonlari uning guvohligidan sizib chiqqan va barcha iymoniy va Islomiy ilmlar uning manbaidan oqqan va o’sha eski samoviy kitoblarni tasdiq etgani kabi, barcha samoviy kitoblar va sahifalarning ma`naviy tasdiqlariga sazovor bo’lgan Qur`oni Azimushshon barcha haqiqatlari bilan va haqqoniyatini isbot qilgan barcha hujjatlari bilan Muhammad Alayhissalotu Vassalomning sidqiga va risolatiga guvohlik qiladi deganidir.

Beshinchi, Oltinchi, Yettinchi, Sakkizinchi Kulliy Guvohliklar:

وَبِشَهَادَةِ الْجَوْشَنِ بِقُدْسِيَّةِ اِشَارَاتِهِ وَرَسَاۤئِلِ النُّورِ بِقُوَّةِ دَلاَئِلِهَا وَالْمَاضِى بِتَوَاتُرِ اِرْهَاصَاتِهِ وَاْلاِسْتِقْبَالِ بِتَصْدِيقِ اٰلاَفِ حَادِثَاتِهِ

            Ya`ni: Ming bir asmo-i Ilohiyaga ochiqcha va ishora jihatidan qaragan va bir jihatda Qur`ondan chiqqan bir g’aroyib munojot bo’lgan va ma`rifatullohda taraqqiy qilgan barcha oriflarning munojotlaridan ustun bo’lgan va bir g’azotda "Sovutni yech, uning o’rniga bu Javshanni o’qi" deb Jabroil vahiy keltirgan "Javshan-ul Kabir" munojoti ichidagi haqiqatlar va aynan Rabbiga qarata vasflashlar Muhammadning (S.A.V.) risolatiga va haqqoniyatiga guvohlik qilgani kabi, Qur`ondan sizib chiqqan va bir jihatda Javshandan fayz olgan va tavallud etgan Resail-in Nuriya bir yuz o’ttiz parchasi bilan risolati Muhammadiyaga (S.A.V.) bitta hujjat bo’lib risolatining barcha haqiqatlarini aqlan va mantiqan isboti bilan, hatto falsafaning nazarida aqldan juda uzoq masalalarini ko’z o’ngida kabi g’oyat oson va ma`qul bir tarzda dars berishi bilan Muhammadning (S.A.V.) sodiqiyatiga va risolatiga kulliy bir suratda guvohlik qiladi.

 

 

Аудио мавжуд эмас