Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 34
(1-100)

Ham zamoni moziy ham risolatiga bir kulliy guvohdirki; irhosot deyilgan nubuvvatdan avval namoyon bo’lgan va keladigan payg’ambarning mo’`jizalari sanalgan g’aroyibotlar, tarixlarda va siyar kitoblarida qat`iy tavotur tarzida naql etilgan juda ko’p voqealar g’oyat ishonchli bir suratda risolatiga guvohlik qiladi va ko’p navlari bor. Bir qismi keladigan guvohliklarda bayon qilinadi; bir qismi ham Zulfiqorda va tarix kitoblarida sahih bir suratda naql etilgan. Masalan: Valodati Payg’ambariyaga (S.A.V.) yaqin bir vaqtda Ka`bani buzishga kelgan Abraha askarlarining boshlariga Abobil qushlarining qo’llari bilan toshlarning yog’ishi va valodat kechasida Ka`badagi sanamlarning boshi bilan yerga yiqilishi va Kisro-i Fors saroyining xarob bo’lishi va otashparast Majusiylarning ming yildan beri yonishi davom qilgan otashi o’sha kecha so’nishi va Buhayro-i Rohib va Halima-i Sa`diyaning qat`iy xabarlari bilan, bulutlar boshiga soya qilishi kabi ko’p hodisalar nubuvvatidan avval nubuvvatini xabar berganlar.

Ham istiqbol, ya`ni vafotidan keyin u xabar bergan hodisalar juda ko’pdir va ko’p navlari bor. Birisi, Oli Baytiga va sahobalariga va Islom fathlariga oid g’aybiy xabarlaridirki, Zulfiqorda Mo’`jizoti Ahmadiya qismida naqli sahih bilan sakson voqeaning aynan xabar bergani kabi chiqishi, masalan Hz. Usmon (R.A.) musxaf o’qirkan, Hz. Husanning (R.A.) Karbaloda shahid etilishlari va Shom va Eron va Istanbulning fathlari va Abbosiy Davlatining chiqishi va Chingiz va Xulagu uni mag’lub va mavh etishi kabi sakson g’aybiy xabar mo’`jizalari naqli sahih bilan va tarix va siyar kitoblariga tayangan holda batafsil yozishi kabi, g’aybiy xabarlarning boshqa navlari bilan va Muhammadning (S.A.V.) haqqoniyatiga dalolat etgan juda ko’p istiqboldagi voqealar bilan istiqbol zamoni ham quvvatli va kulliy bir suratda risolati Muhammadiyaga (S.A.V.) va sodiqiyatiga guvohlik qiladi deganidir.

To’qqizinchi, O’ninchi, O’n Birinchi, O’n Ikkinchi Guvohliklarga ishora qilgan:

وَبِشَهَادَةِ اْلاٰلِ بِقُوَّةِ يَقِينِيَّاتِهِمْ فِى تَصْدِيقِهِ بِدَرَجَةِ حَقِّ الْيَقِينِ. وَاْلاَصْحَابِ بِكَمَالِ اِيمَانِهِمْ فِى تَصْدِيقِهِ بِدَرَجَةِ عَيْنِ الْيَقِينِ.. وَاْلاَصْفِيَاءِ بِقُوَّةِ تَحْقِيقَاتِهِمْ فِى تَصْدِيقِهِ بِدَرَجَةِ عِلْمِ الْيَقِينِ. وَاْلاَقْطَابِ بِتَطَابُقِهِمْ عَلٰى رِسَالَتِهِ بِالْكَشْفِ وَالْمُشَاهَدَاتِ بِالْيَقِينِ

Ya`ni: Muhammadning (S.A.V.) sodiqiyatiga va haqqoniyatiga kulliy guvohliklardan,

Аудио мавжуд эмас