Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 35
(1-100)

To’qqizinchisi: عُلَمَاءُ اُمَّتِى كَاَنْبِيَاءِ بَنِى اِسْرَائِيلَ sirriga sazovor va salovotlarda oli Ibrohim Alayhissalomga muqobil bo’lgan oli Muhammad Alayhissalotu Vassalomning ichidagi buyuk avliyolar (R.A.) va Ali (R.A.) va Hasan (R.A.) va Husan (R.A.) va ahli baytning o’n ikki imomi va G’avsi A`zam (Q.S.) va Ahmad Rufaiy (Q.S.), Ahmad Badaviy (Q.S.), Ibrohim Dasukiy (Q.S.), Abul Hasan Shozaliy (Q.S.) kabi aqtoblar va imomlar ittifoq bilan, haqqalyaqiyn bir e`tiqod bilan va kashfiyot va mushohadot bilan va ummatga ko’rsatgan hayratomuz irshod va karomatlari bilan, risolat va haqqoniyat va sodiqiyati Muhammadiyaga (S.A.V.) iymonlari va guvohliklari bilan imzo bosadilar.

O’ninchisi: Payg’ambarlardan keyin eng muhtaram va yuksak toifa va ummiy va badaviy bo’lganlari holda oz bir zamonda nuri Muhammadiy (S.A.V.) bilan sharqdan g’arbga qadar odilona idora qilib, jahongir davlatlarni mag’lub qilib rivojlangan, o’qimishli, madaniy, siyosiy millatlarga ustoz, muallim, diplomat, hokimi odil bo’lib u asrni bir asri saodat hukmiga keltirgan sahobalar; Muhammadning (S.A.V.) har holini tadqiq va o’rganganlaridan keyin ko’zlari bilan ko’rgan ko’p mo’`jizalarning quvvati bilan eski dushmanliklarini va ajdodlarining maslaklarini va ko’plari -Xolid Ibn Valid va Ikrima Ibn Abu Jahl kabi- padarlarining tarafdorliklarini, qavm va qabilalarini tamomi bilan tashlab butun ruhu jonlari bilan g’oyat fidokorona bir suratda Islomiyatga kirib aynalyaqiyn darajasida Muhammadning (S.A.V.) sodiqiyatiga va risolatiga iymonlari tebranmas, kulliy bir guvohlikdir.

O’n Birinchisi: Asfiyo va siddiqiyn deyilgan mujtahidlar, imomlar, allomalar; Ibn Sino, Ibn Rushd kabi dohiy faylasuflar kabi minglab ahli tahqiq aqliy va mantiqiy bir tarzda, har biri boshqa bir maslakda, shubhasiz minglab hujjatlarga va qat`iy burhonlarga tayangan holda, ilmalyaqiyn darajasida Muhammadning (S.AV.) risolatiga va haqqoniyatiga iymonlari shunday kulliy bir guvohlikdirki, ularning umumi qadar bir zakovati bo’lmagan qarshilariga chiqolmaydi.

Xullas, o’sha hadsiz shohidlardan birisi bu zamonda Risola-i Nurdirki, munkirlar unga qarshi hech bir chora topolmaganliklaridan, politsiya va adliyani aldatib mahkama qo’li bilan jim qilishga urinmoqdalar.

Аудио мавжуд эмас