Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 36
(1-100)

O’n Ikkinchisi: Olami Islomda har biri ummatning ahamiyatli bir qismini doira-i darsiga olib hayratomuz irshod va karomatlar bilan ma`naviy taraqqiy ettirgan va hujjatlar o’rniga mushohadalarga, kashfiyotga tayangan va aqtob deyilgan eng chuqur ahli tahqiq va haqiqat, ruhoniy taraqqiylarida Muhammadning (S.A.V.) risolatini va sodiqiyatini va eng yuksak martaba-i haqqoniyatda bo’lganini kashfan va shuhudan ko’rib ittifoqan va bir-biriga uyg’un tarzda nubuvvatiga guvohliklari shunday bir imzodirki, ularning umumi qadar yuksak bir martaba-i kamolotni qozonmagan u imzoni buzolmaydi.

O’n Uchinchi Guvohlik: To’rt kulliy va juda keng va qat`iy hujjatlardan iborat:

وَبِشَهَادَةِ اْلاَزْمِنَةِ الْمَاضِيَةِ بِتَوَاتُرِ بَشَارَاتِ الْكَوَاهِنِ وَالْهَوَاتِفِ وَالْعُرَفَآءِ فِى اْلاَدْوَارِ السَّالِفِينَ وَبِمُشَاهَدَةِ بَشَارَاتِ الرُّسُلِ وَاْلاَنْبِيَآءِ وَبِشَهَادَتِهِمْ وَبَشَارَتِهِمْ عَلَيْهِمُ السَّلاَمُ بِرِسَالَةِ مُحَمَّدٍ عَلَيْهِ الصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ فِى الْكُتُبِ الْمُقَدَّسَةِ

Bu parchaning qisqacha bir ma`nosi bu yerda bayon etiladi va izohlari va hujjatlari Zulfiqorning Mo’`jizoti Ahmadiya qismining oxirida mukammal bor.

Ya`ni: O’tgan zamonlarda nav`-i basharning mashhurlari va nomdorlaridan boshda payg’ambarlar bo’lib oriflar, kohinlar, hatiflar ittifoqan Muhammadning (S.A.V.) risolatiga va kelishiga irhosot navidan g’oyat ochiq va takror-takror xabar berganlarini naqli sahih va bir qismini tavotur bilan tarix va siyar va hadis kitoblarida qayd va qabul etilishiga va Mo’`jizoti Ahmadiya Risolasida o’sha minglab xabarlarning eng quvvatli va qat`iy qismini batafsil bayoniga binoan unga havola etib g’oyat qisqa bir ishora bilan deymizki: Anbiyolar muqaddas samoviy kitoblarda Muhammadning (S.A.V.) nubuvvatiga doir Tavrot, Injil, Zaburning yuzlab oyatlarida sarohatga yaqin qismidan yigirma oyatlari O’n To’qqizinchi Maktubda yozilgan. Nasroniy va Yahudiylar tarafidan ko’p o’zgartirishlari bilan barobar, yana nubuvvati Ahmadiyani xabar bergan yuz oyatni Husayn Jisriy kitobida yozgan.

Аудио мавжуд эмас