Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 32
(1-100)

Ya`ni: U Zot (S.A.V.) Quyosh kabi o’z-o’ziga dalildir. Minglab mo’`jizot va kamolot va yuksak, go’zal axloqi bilan risolatiga va sodiqiyatiga juda kuchli guvohlik qiladi.  Ha, Mo’`jizoti Ahmadiya (S.A.V.) hayratomuz risolada uch yuzdan ziyoda naqli sahih bilan isbot qilgani kabi, u zotning (S.A.V.) وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ va وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلكِنَّ اللّهَ رَمَى  oyatlarining ochiq ifodasi bilan, hovuchining bir barmog’i bilan Qamar ikki parcha bo’lishi va naqli sahih va tavotur bilan, ayni qo’lning besh barmog’idan besh chashma suv oqishi va suvsiz qolgan butun qo’shini o’sha suvdan ichishi va guvoh bo’lishi va bu ajib mo’`jiza ikki marta boshqa yerda ham sodir bo’lishi va ayni hovuch bilan bir parcha tuproqni hujum qilgan dushman qo’shiniga tashlab, har birisining ko’ziga bir hovuch tuproq kirishi bilan hujumda ekan qochishlari va ayni hovuchda kichik toshlar insonlar kabi tasbeh aytib Subhanalloh deyishlari kabi naqli sahih bilan va bir qismi tavotur bilan tarixlarda qat`iyan sodir bo’lgan yuzlab va ahli tahqiqning yonida mingga yaqin mo’`jizalar qo’lida namoyon bo’lishi va do’st va dushmanlarning ittifog’i bilan unda go’zal xislatlarning va go’zal axloqning eng yuksak darajada(Hoshiya) bo’lishi va orqasidan ergashish bilan suluk etib kamolotga erishgan va haqiqatga aynalyaqiyn yetishgan barcha ahli tahqiq, ittifoq bilan kamoloti Muhammadiya (S.A.V.) eng yuksak darajada bo’lganiga haqqalyaqiyn tasdiqlari va uning dinidan kelgan olami Islomning fayzlari va ulkan Islomiyatning haqiqatlari uning hayratomuz kamolotiga dalolat qiladi. Albatta u zot (S.A.V.) shaxsan o’z risolatiga g’oyat porloq va kulliy, keng guvohlik qiladi deganidir.

Juda ko’p kuchli guvohliklarni ichiga olgan To’rtinchi Guvohlik:

وَ بِشَهَادَةِ الْقُرْآنِ بِمَا لاَ يُحَدُّ مِنْ حَقَائِقِهِ وَ بَرَاهِينِهِ

 



(Hoshiya) Hatto shijoat qahramoni Hazrati Ali (R.A.) deydi: "Urushda biz qo’rqqan vaqtimiz Payg’ambarning (S.A.V.) orqasida saqlanar, himoyalanar edik". Shijoat kabi har xislatda ustun bo’lganini o’sha zamonning dushmanlari ham tasdiq etganlarini tarixlar naql etadilar.

Аудио мавжуд эмас