Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 31
(1-100)

Xullas, uning sidqiga va nubuvvatiga bu hayratomuz, mislsiz sakkiz holatning majmui g’oyat quvvatli bir guvohlikdir. Va bu holatlar u zotning (S.A.V.) nihoyat darajada jiddiyatiga va itminoniga va kamoli sidqiga va haqqoniyatiga qat`iy qanoati bor bo’lganini ko’rsatadi.
       Olami Islom har kuni, har tashahhudda millionlab lison bilan  اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ deydi. Va uning ma`muriyatiga taslimiyatini va keltirgan saodati abadiya bashoratini tasdiq etganini va bashariyatning chuqur bir ishq bilan va fitriy va iste`dodiy juda kuchli bir ishtiyoq bilan qidirgan hayoti boqiyaga mustahkam bir yo’l ochgani evaziga olami Islom minnatdorona, mutashakkirona اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ bilan bir ma`naviy ziyorat va ko’rishish va uch yuz ellik million, balki milliardlar nomiga uni tabriklaydi.

Yigirmata kulliy guvohliklardan va ko’p guvohliklarni ichiga olgan Ikkinchi Guvohlik:

وَ بِشَهَادَةِ جَمِيعِ حَقَائِقِ اْلاِيمَانِ عَلَى تَصْدِيقِهِ Ya`ni: Iymonning olti ruknlarining haqiqatlari va sodir bo’lishlari va haqqoniyatlari Muhammadning (S.A.V.) risolatiga va haqqoniyatiga qat`iy guvohlik qiladi. Chunki uning risolat hayotining shaxsiyati ma`naviyasi va barcha da`volarining asosi va mohiyati nubuvvati o’sha olti rukndir. Unday bo’lsa, u ruknlarning sodir bo’lishlariga dalolat qilgan barcha dalillar, Muhammadning (S.A.V.) risolatining haq bo’lganiga va uning sodiqiyatiga ham dalolat qiladilar. Ham oxiratning sodir bo’lishiga boshqa ruknlarining dalolatini Meva Risolasi va O’ninchi So’zning zayllari bayon qilganlari kabi, xuddi shuning kabi har bir rukn hujjatlari bilan barobar uning risolatiga bir hujjatdir.

Minglab guvohliklarni ichiga olgan Uchinchi Kulliy Guvohlik:

وَبِشَهَادَةِ ذَاتِهِ عَلَيْهِ الصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ بِاٰلاَفِ مُعْجِزَاتِهِ وَكَمَالاَتِهِ وَعُلُوِّ اَخْلاَقِهِ

 

Аудио мавжуд эмас