بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
وَ بِهِ نَسْتَعِينُ
[Uchinchi Madrasa-i Yusufiyaning birgina darsining Uchinchi Qismi]
Muqaddima
Namozdagi Fotihaning ma`naviy amri bilan اَشْهَدُ أَنْ لاَۤ إِلٰهَ إِلاَّ اللهُ fayzi bilan Ikkinchi Qism yozilgani kabi, namozdagi tashahhudda ham وَأَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ jumlasining tili bilan, ma`naviy eslatmasi bilan va Sura-i Fathning oxirida
هُوَ الَّذِۤى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَكَفٰى بِاللهِ شَهِيدًا - مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ أَشِدَّاۤءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاۤءُ بَيْنَهُمْ. الخ
besh mo’`jiza-i g’aybiyani ko’rsatgan buyuk oyatning nuri bilan uchinchi qismini yozishga -hozir bayoniga iznim bo’lmagan uch sabab uchun- majbur bo’ldim. Tafsilotini, izohlarini, isbotli hujjatlarini Risolati Muhammadiyaga doir Zulfiqor Mo’`jizoti Ahmadiya va Arabcha Hizbi Nuriyga havola qilib faqat g’oyat muxtasar, qisqacha uch ishora bilan Arabcha Hizbi Nuriyning xulosasining bir xulosasi va tasbehotda takror qilganim kalima-i tavhid bilan doimiy virdim va Arabcha tafakkur bo’lib bu yerda yolg’iz risolachasining مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ guvohligiga doir parchaning bir navi tarjimasi Ikkinchi va Uchinchi Ishorada yoziladi.