Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 26
(1-100)

Xullas, Fotiha-i Sharifaning oxirida

اَلَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلاَ الضَّاۤلِّينَ

oyati bu ikki azim jarayonni dars beradi. Va Risola-i Nurdagi barcha muvozanalarning manbai va asosi va ustozi bu oyatdir. Modomiki yuzlab muvozanalar bilan Nurlar bu oyatni tafsir etganlar, biz ham izohini unga havola qilib, bu qisqa ishora bilan qanoat qilamiz.

 

To’qqizinchi Kalima: آمِينَ . Bunga qisqacha bir ishora:

Modomiki نَعْبُدُ نَسْتَعِينُ dagi "nun" uch azim jamoatni,  ayniqsa olami Islom masjididagi muvahhidiyn jamoatini, xususan o’sha vaqt namozda bo’lgan millionlar jamoatini bizga ko’rsatib, bizni ichlarida saqlaydi va duolariga va aytganimizni aynan aytishlari bilan tasdiqlariga va bir navi shafoatlariga hissador bo’lishimizga yo’l ochadi. Biz ham bu "Omin" kalimasi bilan o’sha jamoati muvahhidiyn va musolliynning duolariga yordam va da`volariga tasdiq va shafoatlarining va yordam so’rashlarining maqbuliyatiga o’sha "Omin" bilan bir yolvorishimiz bilan bizning juz`iy ubudiyat va duo va da`vomizni kulliy, keng bir ubudiyatga aylantirib, kulliy, umumiy rububiyatga javob qaytartiradi. Demak, uxuvvati iymoniya va vahdati Islomiya sirri bilan, har namoz vaqtida olami Islom masjidida millionlab a`zolari bo’lgan bir jamoatning robita-i vahdat e`tibori bilan va ma`naviy radiolar vositasi bilan Fotihadagi "Omin" kulliyat kasb etadi, millionlab "Omin"lar hukmiga o’ta oladi.

 

Аудио мавжуд эмас