Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 25
(1-100)

Sakkizinchi Kalima: غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلاَ الضَّالِّينَ dir. Bundagi hujjatga qisqa bir ishora:

Ha, bashar tarixi va muqaddas kitoblar tavoturlarga va kulliy va qat`y hodisalar va ma`lumotlar va bashariyatning mushohadalariga tayangan holda ittifoq bilan, ochiq va qat`iy bir suratda xabar beradilarki: Siroti mustaqim ahli bo’lgan Payg’ambarlarga (Alayhimussalom) minglab voqealarda madad so’rashlariga hayratomuz bir tarzda g’aybiy yordam kelishi va ular istaganning aynan berilishi va dushmanlari bo’lgan munkirlaga yuzlab hodisalarda ayni zamonda g’azab kelishi va samoviy musibat boshlariga tushishi qat`iy shaksiz ko’rsatadiki, bu koinotning va ichidagi nav`-i basharning Hakim va Odil va Muhsin va Karim va Aziz va Qahhor bir Mutasarrifi, bir Rabbi borki, Nuh va Ibrohim, Muso va Hud va Solih kabi (Alayhimussalom) ko’p nabiylarga juda hayratomuz bir suratda tarixiy va keng hodisalar bilan muzaffariyat va najotlarni bergan va Samud va Od va Fir`avn qavmlari kabi ko’p zolimlarga va munkirlarga ham, payg’ambarlarga isyonlariga muqobil dunyoda ham bir jazo sifatida, boshlariga dahshatli samoviy musibatlar tushirgan.

Ha, Odam (A.S.) zamonidan beri bashariyatda ikki azim jarayon bir-biri bilan to’qnashib kelgan. Biri istiqomat yo’lini ta`qib bilan ne`mat va ikki dunyo saodatiga sazovor bo’lgan payg’ambarlar va solihlar va iymon sohiblari, koinotning haqiqiy go’zalligiga va intizom va kamoliga uyg’un bo’lib istiqomatda harakat qilganlaridan, ham koinot sohibining lutflariga, ham ikki jahonning saodatiga sazovor bo’lib basharni malaklar darajalariga, balki undan yuqori taraqqiy ettirishga vasila bo’lib dunyoda iymon haqiqatlari bilan ma`naviy bir jannat, oxiratda bir saodat qozonib va qozontirganlar.

Ikkinchi jarayon, istiqomatni tashlab ifrot va tafrit bilan aqlni bir vasila-i azob va alamlar to’plovchi bir jihozga aylantirishidan, insoniyatni eng badbaxt bir hayvoniyatdan past tushirib dunyoda zulmlariga muqobil g’azabi Ilohiy va musibat ta`zirlarini yeyish bilan barobar, zalolati jihatidan aql aloqadorligi bilan koinotni bir huzngoh va motamxona-i umumiya va zavolda dumalagan ziyhayotlar uchun bir kushxona, qassobxona va g’oyat xunuk va chalkash ko’rib ruhi, vijdoni dunyoda bir ma`naviy jahannamda bo’lib, oxiratda doimiy bir azob chekishga o’zini haqdor qiladi.

 

Аудио мавжуд эмас