Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 23
(1-100)

Oltinchi Kalima: اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ dir. Bundagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora shudir:

Ha, qandayki bir yerdan boshqa yerga ketgan yo’llarning va bir nuqtadan uzoq bir nuqtaga tortilgan chiziqlarning eng qisqasi esa, eng to’g’risi va mustaqimidir. Aynan shuning kabi, ma`naviyatda va ma`naviy yo’llarda va qalbiy maslaklarda eng to’g’risi, eng mustaqimi esa, eng qisqa va eng osonidir. Masalan: Risola-i Nurda barcha muvozanalari va kufr va iymon yo’llarining qiyoslanishlari qat`iy ko’rsatadilarki, iymon va tavhid yo’li g’oyat qisqa va to’g’ri va mustaqim va osondir. Va kufr va inkor yo’llari g’oyat uzun va mushkulotli va tahlikalidir. Demak, bu istiqomatli va hikmatli va hamma narsada eng qisqa va oson yo’lda chorlangan bu koinotda, albatta shirk va kufrning haqiqatlari bo’lolmaydi va iymon va tavhidning haqiqatlari bu koinotga Quyosh kabi lozim va vojibdir. Ham axloqi insoniyada eng rohat, eng foydali, eng qisqa, eng salomatli yo’l esa siroti mustaqimda, istiqomatdadir. Masalan: Quvva-i aqliya haddi vasat bo’lgan hikmatni va oson, foydali istiqomatni yo’qotsa, ifrot yoki tafrit bilan zararli bir jarbazaga va baloli bir ahmoqlikka tushadi, uzun yo’llarida tahlikalarni tortadi. Va quvva-i g’azabiya haddi istiqomat bo’lgan shijoatni ta`qib etmasa, ifrot bilan juda zararli va zulmli tahavvurga va tajabburga va tafrit bilan juda zillatli va alamli jabonat va qo’rqoqlikka tushadi.. istiqomatni yo’qotishining, xatosining jazosi sifatida doimiy, vijdoniy bir azobni chekadi. Va insondagi quvva-i shahaviya salomatli istiqomatni va iffatni zoye qilsa, ifrot bilan musibatli, razolatli zinoga, fahshga va tafrit bilan humudga, ya`ni ne`matlardagi zavq va lazzatdan mahrum tushadi va u ma`naviy kasallikning azobini tortadi.

Xullas bularga qiyosan, hayoti shaxsiya va hayoti ijtimoiyaning barcha yo’llarida istiqomat eng foydali va oson va qisqadir. Va siroti mustaqim yo’qotilsa, u yo’llar juda baloli va uzun va zararli bo’ladi. Demak, اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ  juda ham jome` va keng bir duo, bir ubudiyat bo’lgani kabi, bir hujjati tavhidga va bir darsi hikmatga va bir ta`limi axloqqa ishora qiladi.

 

Аудио мавжуд эмас