Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 22
(1-100)

Birinchidan: Biz ko’zimiz bilan ko’ryapmiz: Koinotda, xususan zamin yuzida dahshatli va doimiy bir faoliyat va xalloqiyatning intizom bilan jarayoni ichida marhamatkorona, mudabbirona bir rububiyati mutlaqa hadsiz ziyhayotlarning yordam so’rashlariga va fe`lan va holan va qolan madad so’rashlariga va duolariga kamoli hikmat va inoyat bilan yordam va har biriga fe`lan javob berish ko’rinishi ichida bir uluhiyati mutlaqa, bir ma`budiyati ommaning tajalliylari umum maxluqotning, xususan ziyhayotning va ayniqsa inson toifalarining fitriy va ixtiyoriy minglab tarzdagi ibodatlariga javob qaytarishini aqli salim va iymon ko’zi ko’rgani kabi, barcha samoviy farmonlar va anbiyolar xabar bermoqdalar.

Ikkinchidan: نَعْبُدُ nunining ramzi bilan muqaddimada mazkur uch jamoatdan har biri va umumi barobar, turli-tuman, fitriy va ixtiyoriy ibodatlar bilan mashg’ul bo’lishlari shaksiz, yaqqollik bilan bir ma`budiyatga qarshi shokirona bir javob qaytarish va bir Ma`budi Muqaddasning mavjudiyatiga hadsiz va shubhasiz bir guvohlikdir. Va نَسْتَعِينُ nunining ramzi bilan mazkur uch jamoatning, ya`ni umum koinotdan to bir jasaddagi zarralarning jamoatidan har bir toifaning, har bir fardning fe`liy va holiy yordam so’rashlari va duolari bor. Va ularning yordamlariga yugurgan va duolariga qabul bilan javob bergan bir shafqatli mudabbirga shubhasiz guvohlik qiladi. Masalan: Yigirma Uchinchi So’zning degani kabi, zamindagi umum maxluqotning uch navi duolari juda hayratomuz va umidning xorijida qabul bo’lishi, bir Rabbi Rahim va Mujibga qat`iy guvohlik qiladi. Ha, danaklar va urug’lar iste`dod lisoni bilan har biri bittadan daraxt va bittadan boshoq bo’lishni Xoliqidan istab, duolari ko’zimiz o’ngida qabul bo’lishi kabi; barcha hayvonotning ehtiyoji fitriy lisoni bilan qo’llari yetishmagan yerlardan rizqlarini va hayotlariga kerak bo’lgan va iqtidorlarining xorijidagi matlublarini birisidan istab u fitriy ehtiyoj tili bilan qilgan barcha duolarini ko’zimiz o’ngida qabul qilgan va yordamlariga ajib va shuursiz maxluqotni o’z vaqtida hikmat bilan yugurtirgan bir Xoliqi Karimga yaqqol guvohlik qiladi. Xullas, bu ikki qismga qiyosan, lisoni qol bilan qilingan duolarning barcha navlari, xususan anbiyolarning (Alayhimussalom) va xoslarning hayratomuz bir suratda maqbuliyati اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dagi hujjati vahdoniyatga guvohlik qiladi.

Аудио мавжуд эмас