Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 19
(1-100)

To’rtinchi Kalima: مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ dir. Hujjatiga g’oyat qisqa bir ishora:

Birinchidan: Bu darsning birinchi qismining oxirida وَ اِلَيْهِ الْمَصِيرُ hujjatiga va hashr va oxiratga guvohlik qilgan barcha dalillar aynan  مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ  ishora qilgan iymoniy va keng haqiqatga guvohlik qiladilar.

Ikkinchidan: O’ninchi So’zning oxirida aytilgani kabi; bu koinot Sone`ining sarmadiy rububiyati, rahmati, hikmati, azaliy-abadiy jamoli, jaloli, kamoli va nihoyasiz sifatlari va yuzlab ismlari oxiratni qat`iy bir suratda istagani kabi; Qur`on minglab oyat va burhonlari bilan va Muhammad Alayhissalotu Vassalom yuzlab mo’`jiza va hujjatlari bilan va barcha anbiyo Alayhimussalom va samoviy kitoblar va sahifalar hadsiz dalillari bilan guvohlik qilganlari dori oxiratdagi hayoti boqiyaga ishonmagan bir inson, o’zini dunyoda ham kufrdan hosil bo’lgan bir ma`naviy jahannamga tashlaydi, doimo azob chekadi. Rahnamoda izoh qilingani kabi, butun o’tgan va kelasi zamonlar va maxluqlar va koinotlar zavol va firoqlari bilan doimo uning ruh va qalbiga hadsiz alamlarni yog’diradilar, Jahannamga ketmasdan avval Jahannam azobini chektiradilar.

Uchinchidan: يَوْمِ الدِّينِ ramzi bilan buyuk va quvvatli bir hujjati hashriyaga ishora qiladi. Faqat bu maqomda birdan bir hol u hujjatni boshqa zamonga qoldirishga sabab bo’ldi. Balki unga ortiq ehtiyoj qolmadi. Chunki Nur Risolalari tundan keyin kunduzning va qishdan keyin bahorning kelishi qat`iyatida yuzlab quvvatli hujjatlar bilan hashr va nashrning tongini, bahorini isbot qilganlar.

 

Аудио мавжуд эмас