Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 18
(1-100)

Agar deyilsa: "Bu dunyodagi musibatlar, xunukliklar, yomonliklar u qamrovli rahmatga ziddir, bulg’atadi".

Javob: Risola-i Qadar kabi Nurning risolalarida bu dahshatli savolga to’liq javob berilgan. Ularga havola bilan qisqacha bir ishorasi shudir:

Har bir unsurning, har bir navning, har bir mavjudning kulliy va juz`iy ko’plab vazifalari va o’sha har bir vazifaning ko’p natijalari va mevalari bor. Va aksariyati mutlaqasi foyda va go’zal va xayr va rahmatdirlar. Va oz bir qismi qobiliyatsizlarga va xato munosabatda bo’lganlarga yoki jazo va tarbiyaga haqdor bo’lganlarga yoki ko’p xayrlarni hosil berishga vasila bo’lganlarga uchraydi. Ko’rinishdan, juz`iy bir yomonlik, bir xunuklik bo’ladi, bir marhamatsizlik ko’rinadi. Agar o’sha juz`iy yomonlik kelmasligi uchun rahmat tarafidan o’sha unsur va kulliy mavjud u vazifasidan man etilsa, u vaqt barcha xayrli, go’zal boshqa natijalari vujud topmaydi. Bir xayrning yo’qligi yomonlik va bir go’zallikning buzilishi xunuklik bo’lishi e`tibori bilan; o’sha natijalar adadicha yomonliklar, xunukliklar, marhamatsizliklar hosil bo’ladi. Demak, birgina yomonlik kelmasligi uchun yuzlab yomonliklar, marhamatsizliklar qilinadiki; butun-butun hikmatga, foydaga, rububiyatdagi rahmatga muxolif bo’ladi. Masalan: Qor, sovuq, otash, yomg’ir kabi navlarning yuzlab hikmatlari, foydalari ichida ba`zi diqqatsiz va ehtiyotsizlar suiixtiyorlari bilan o’zlari haqida yomonlik qilsa; masalan qo’lini otashga tiqsa, otashning xilqatida rahmat yo’qdir desa; otashning hadsiz-hisobsiz xayrli, foydali, marhamatli foydalari uni yolg’onga chiqarib og’ziga uradi.

Ham insonning xudgam havaslari va past va oqibatni ko’rmagan hissiyoti koinotda jarayon etgan rahmoniyat va hakimiyat va rububiyat qonunlariga miqyos va me`yor va mezon bo’lolmaydi. O’z oynasining rangiga ko’ra ko’radi. Marhamatsiz qora bir qalb koinotni yig’layotgan, xunuk, zulm va zulmatlar suratida ko’radi. Faqat iymon ko’zi bilan qarasa; yetmish go’zal ko’ylaklarni kiygan bir jannat huri kabi, rahmatlar va xayrlar va hikmatlardan tikilgan yetmish minglab go’zal liboslarni bir-biri ustiga kiygan, doimo kuladigan, rahmat bilan tabassum qiladigan bir insoni akbar va undagi inson nav`ini bir koinoti sug’ro va har bir insonni bir olami asg’ar suratida mushohada etadi. Butun ruhu joni bilan

 اَلْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ deydi.

Аудио мавжуд эмас