Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 5
(1-100)

IKKINCHI KALIMA: وَحْدَهُ dir. Bundagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora shudir:

Bu koinotda har jihatda bir birlik, bir vahdat ko’rinmoqda. Masalan: Koinot bir muntazam shahar, bir muhtasham saroy, bir mujassam ma`nodor kitob, bir jismoniy va har oyati, hatto har bir harfi va har bir nuqtasi mo’`jizakor bir Qur`on hukmida bo’lishi bilan bir vahdat va birlik ko’rsatgani kabi, u saroyning chirog’i bir va taqvimchi qandili bir va otashli oshchisi bir va suv tarqatuvchisi, suv beruvchisi bir, bir bir bir, to minglab qadar birliklarni va vahdatlarni ko’rsatish bilan u saroyning va shaharning, u kitobning, u jismoniy Qur`oni Kabirning sohibi, hokimi, kotibi, yozuvchisi oshkora tarzda mavjud va vohid va birdir deb qat`iy isbot qiladi.

 

UCHINCHI KALIMA: لاَ شَرِيكَ لَهُ dir. Bundagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora shudirki:

Oyat-ul Kubro Shu`lasining ma`dani, ustozi, asosi va Oyat-ul Kubro nomida bo’lgan

قُلْ لَوْ كَانَ مَعَهُ آلِهَةً كَمَا يَقُولُونَ اِذًا لاَبْتَغَوْا اِلَى ذِى الْعَرْشِ سَبِيلاً

ila oxir... oyati akbaridir. Ya`ni: Agar sheriki bo’lsa va boshqa barmoqlar ijodga va rububiyatga qo’shilsa edilar, intizomi koinot buzilar edi. Holbuki kichkina chivinning qanotidan va ko’z qorachig’idagi hujayrachadan tut to ko’k yuzining samalyotlari bo’lgan hadsiz qushlarga, to quyosh sistemasiga qadar har narsada juz`iy-kulliy, kichik va katta eng mukammal bir intizom bo’lishi; shaksiz va qat`iy bir suratda sheriklarning maholligiga va yo’qligiga dalolat qilgani kabi, Vojib-ul Vujudning mavjudiyatiga va vahdatiga ochiqchasiga guvohlik qiladi.

 

Аудио мавжуд эмас