Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 2
(1-100)

Qalbga keldiki: "Garchi Nur shogirdlari har kamerada ham o’zlari hisobiga, ham sening badalingga to’liq Nur darslari bilan mashg’uldirlar. Faqat bu beshinchi kamera bir navi chillaxona bo’lishidan yangilanmoqda, o’zgarmoqda. Nur darsiga yanada ziyoda muhtojdir. Ham Rusning dahshatli bir inkor bilan va Allohni tanimaslik bilan hujumini yozgan gazetalarning yozuvlarini o’qigan yoshlar va keksalar, albatta iymoni billohdagi mavjudiyat va vahdoniyati Ilohiyaga doir g’oyat qat`iy va quvvatli darslarga juda ziyoda ehtiyojlari bor" deb tasbehotda qalbga keldi. Men ham bomdod namozidan keyin eskidan beri o’n marta o’qiganim va ulkan Yigirmanchi Maktub risolasi o’n bir kalimasida ham o’n bir burhoni vujubi vujud va vahdati Rabboniya, ham o’n bir xushxabar g’oyat porloq, Quyosh kabi batafsil ko’rsatgan va bir rivoyatda Ismi A`zam tashigan bu tahlil va tavhidi muazzam:

لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْيِى وَ يُمِيتُ وَ هُوَ حَىٌّ لاَ يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَصِيرُ

qudsiy jumlani mutafakkirona takror qilib "Yigirmanchi Maktub"ning qisqa bir xulosat-ul xulosasini barobar o’ylayotgan edim. Birdan qalbga keldiki: "Bu qisqacha xulosani Nodir Domlaga va bu yerdagi yoshlarga dars ber". Men ham Bismilloh deb boshladim, dedim:

Bu kalomi tavhidda o’n bir xushxabar, o’n bir hujjati iymoniya bor. Hozir yolg’iz hujjatlarga g’oyat qisqa bir ishora qilib, izohini va xushxabarini Yigirmanchi Maktub va Nur parchalariga havola qilaman. Faqat hozir u darsni yozgan paytim ularga aytmaganim ba`zi kalimalarni va nuktalarni ham yozishni munosib ko’rdim. Xullas, u kalomi tavhidning o’n bir kalimasidan,

Аудио мавжуд эмас