SOZLAR | O’n Birinchi So’z | 1
(1-12)

O’n Birinchi So’z

ﺒﺳﻢ ﺍﻠﻠﻪ ﺍﻠﺮ ﺨﻣﻥ ﺍﻠﺭ ﺤﻳﻢ

Ey qardosh! Agar hikmati olamning tilsimini va hilqati insonning muammosini va haqiqati salotning ramzlarini birmuncha tushunib olishni istasang, nafsim bilan birga ushbu tamsiliy hikoyashaga boq:

           

            Bir zamonlar bir podshoh o’tgan edi. Boylik jihatidan, uning juda ko’p xazinalari bo’lib, u xazinalarda har turli javohir, olmos va zumradlar mavjud edi. Ham yashirin g`oyat ajoyib dafinalari bor edi. Kamolot jihatidan esa, g`aroyib hunarlarga juda mahoratli edi. Ham behisob nodir fanlarga ma`rifati va ixotasi,ham nihoyatsiz badiiy ilmlardan bilimi va ma`lumoti bor edi.

Jamol va kamol sohibida o’zining jamolini va kamolini ko’rish va boshqalarga ham ko’rsatish istagi bo’ladiki, shu istakning siriga binoan, u shonli podshoh ham bir kuni saltanatining hashmatini va boyligining sha`shaasini va hunarlarining xoriqo namunalarini va ma`rifatining g`aroyibotini insonlarga ko’rsatish uchun bir namoyishgoh ochishni  va unga ko’rgazmalarini qo’yishni istadi. Toki ma`naviy jamoli va kamolini ikki tomondan mushohada etsin:

Bir tomondan, bevosita o’zining nozik nazari ila ko’rsin.

Ikkinshi tomondan, boshqa birovning nazari ila boqsin.

            SHu hikmatga ko’ra, buyuk  va keng va muhtasham bir qasr bunyod eta boshladi. Shohona bir suratda, bo’lmalar va xonalarga ajratib, xazinalaridagi turli – tuman duru javohirlar ila jilo berdi, o’z dasti san`atining eng latif, eng go’zal asarlari ila ziynatlantirdi, fununi hikmatining eng injaliklari ila terib chiqib va ilmlarining mo’`jizakorona asarlari ila bezatib, kamolga etkazdi. So’ngra ul saroyga umumiy dasturxonlar yoydi va bisotidagi taom va ne`matlarning jami turidan eng lazizlarini ul dasturxonlarda muhayyo qildi. Har bir toifaga munosib bir dasturxon tayin etdi. Shunday sahovatkorona va san`atparvarona ommaviy ziyofat hozirladi va ul dasturxon yuzlab latif hunarlarning mahsulidan tashkil topganday bo’ldi.

 

           
Аудио мавжуд эмас