So’ngra mamalakatining chor atrofidan aholini va raiyyatini sayrga, ko’ngil ochishga va ziyofatga taklif etdi. Keyin saroyning hikmatlarini va mushtamilotining ma`nolarini bir yovari akramiga anglatib, uni ustod va ta`rif etguvshi qilib tayinladi. Toki saroyining Sone`ini, saroyning mushtamiloti bilan birga, aholiga ta`rif etsin. Va Saroy naqshlarining ramziy ma`nolarini tushuntirib va ichidagi san`atlar ishora qilayotgan jihatlarini o’rgatib, zaminidagi manzum murassolar mavzun naqshlar nimaligini va ular qanday sabablarila Saroy egasining kamolotiga va hunarlariga dalolat etishini saroyga kiruvshilarga ta`rif etsin va kirish odobini va sayr marosimini bildirib, u ko’rinmas podshohning roziligini qozontiradigan tashrifot yo’riqlarini ta`riflab bersin.
Hullas, ul muarrif ustodning har bir bo’lmada bittadan yordamshisi bor bo’lib, o’zi eng katta xonada, shogirdlari orasida turib, butun tomoshabinlarga shunday tablig`ot qilmoqda, demoqdaki:
«Ey aholi! Shu qasrning moliki bo’lmish sayyidimiz bu narsalarni ko’rsatayotganining va bu saroyni bunyod etganining boisi – o’zini sizlarga tanitishni xohladi. Sizlar ham Uning san`atini taqdirlash va ishlarini tahsinlash ila o’zingizni Unga sevdiringiz. Ham sizlar ko’rayotgan bu ehsonot ila sizlarga muhabbatini ko’rsatayotir. Sizlar ham itoat ila unga muhabbat qilingiz. Ham shu in`om va ikromlari ila sizlarga shafqatini va marhamatini izhor etayotir. Sizlar ham shukr ila Unga hurmat ko’rsatingiz. Ham shu kamolotining asarlari ila ma`naviy jamolini sizlarga ko’rsatishni istayapti. Sizlar ham uni ko’rishga va nazariga tushishga ishtiyoqingizni ko’rsatingiz. Ham bu ko’rsatayotganingiz butun masnu`ot va muzayyanotga har biriga alohida maxsus tamg`a, alohida xususiy muhr va taqlid etilmas darajada bo’laksha bir imzo qo’yish bilan har narsa faqat o’ziga oid ekanini va O’zining qudrat qo’lining mahsuli ekanini va o’zi toq va yakto, istiqlol va infirod sohibi ekanini sizlarga ko’rsatishni istayapti. Sizlar ham uni toq va yakto va mislsiz va nozirsiz va tengi yo’q zot deb taningiz va shunday qabul qilingiz.»