Yana buning kabi, unga va u maqomga munosib so’zlarni sayrchiga aytdi. So’ngra ul qasrga kirgan aholi ikki guruhga ayrildi:
Birinshi guruh: bu guruh aholisi o’zini bilgan va aqli joyida va qalbi sog`lom bo’lgani uchun saroyning ichidagi ajoyibotlarni ko’rganlari zahoti: «Bunda buyuk bir ish bor», dedilar. Ham angladilarki, bu ishlar behuda emas, oddiy bir o’yinchoq emas. Shu bois qiziqishlari ortdi. «Ajabo, buning tilsimi nima bo’lsa? Ishida nima bor ekan? ...» deb o’ylab turgan edilar, birdan ul muarrif ustodning nutqini eshitdilar. Angladilarki, butun sirlarning kaliti undadir. Unga tomon yo’naldilar va dedilar: «Assalomu alayka, ya ayyuhal ustod! Haqiqatan shunday bir muhtasham saroyga sizningdek sodiq va mudaqqiq bir ta`rifchi lozimdir. Sayyidimiz sizga nimani bildirgan bo’lsa, lutfan bizga ham bildiring.» Ustod yuqorida zikr etilgan nutqini ularga ham takrorladi. Ular shiroyli ravishda tingladilar, go’zal tarzda qabul etib, to’liq foyda topdilar. Podshohning rizoligi doirasida amal qildilar. Ularning bu odobli muomala va vaziyatlari ul podshohga xush kelib, ularni xos, yuksak va ta`rifga sig`mas boshqa bir saroyiga da`vat qildi, ehson etdi. Ham, shunday bir Javvodi Malikka loyiq va shunday itoatkor aholiga muvofiq va shunday odobli mehmonlarga munosib va shunday yuksak bir qasrga arzigulik bir suratda ikrom ko’rsatdi… Ularni doimiy saodatga erishtirdi.
Ikkinshi guruh: bu guruhdagi aholi aqllari aynigan, qalblari so’nib qolgan bo’lgani uchun, saroyga kirgash, nafslariga mag`lub bo’lib, lazzatli taomlardan boshqa hesh narsaga qaramadilar; ul go’zalliklardan barchasidan ko’zlarini yumdilar va ul ustodning irshodotidan va shogirdlarining tanbehlaridan quloqlarini berkitdilar. Hayvon kabi, yeb-ichib uyquga toldilar. Ichish man` etilgan, ammo ba`zi bir ishlar ushun hozirlangan iksirlardan ichdilar. Sarxush bo’lib, shunday baqirdilar, shunday to’polon ko’tardilarki, tomoshabin mehmonlarni behuzur etdilar. Sone`i Ziyshonning dasturlariga nisbatan adabsizlik qildilar. Saroy sohibining askarlari ham ularni tutib, undayin adabsizlar uchun tayyorlab qo’yilgan bir hibsxonaga tashladilar.