Sodisan, narsalarning yaratilishdagi va masnu`otning san`atidagi latif injalik va nozanin go’zalliklarni tomosha qilish ila tanzih maqomiga chiqdilar va bu maqomda Fotiri Zuljalol, Sone`i Zuljamollariga muhabbat va ishtiyoq vazifasini ado etishga kirishdilar.
Demak, koinotga va asarlariga nazar solib, g`oyibona qullik muomalasi ila, mazkur vazifalarni ado etgach, Sone`i Hakiymning ham muomalasini va ishlarini ko’ra oladigan maqomga chiqdilar va, avvalo, Holiqi Zuljalol san`at mo’`jizalari orqali xozirona bir muomala suratida O’zini zishuurlarga tanittirmoqchi ekanini bildilar va bunga javoban hayrat ichra bir ma`rifat ila «subhanaka ma arafnaka haqqa ma`rifatika» dedilar. Ya`ni, «Seni ta`rif etguvshilaring butun masnu`otingdagi mo’`jizlaringdir».
So’ngra ul Rahmon o’z raxmati xazinasining go’zal mevalari ila o’zini sevdirmoqchi ekanini angladilar va bunga javoban muhabbat va ishq ila muqobala qilib: «i`yaka na`budu va i`yaka nasta`in» dedilar.
So’ngra lazzatli ne`matlari ila rahm va shafqatni ko’rsatgan ul Mun`imi Haqiqiyga shukr va hamd ila muqobala ko’rsatdilar va «subhanaka va bihamdika» dedilar. Ya`ni, «Sening haq shukringni qanday ado qila olamiz? Sen shukrga loyiq shunday bir mashhursanki, butun koinotga yoyilgan jami ehsonotning ochiq lisoni hollari senga bo’lgan shukru sanolarini o’qimoqdalar. Ham olam bozorida tizilgan va zamin yuziga sochilgan butun ne`matlaring e`lonotlari ila senga bo’lgan hamdu madhlarini izhor qilmoqdalar. Ham raxmat va ne`matingning manzum mevalari va mavzun emishlari sening saxovat va karamingga shohidlik bildirib, senga bo’lgan shukrlarini jami maxluqotning ko’zi o’ngida ifoda etmoqdalar».
So’ngra shu koinotning yuzlarida almashib turguvchi mavjudot oyinalaridagi Jamol va Jalol, Kamol va Kibriyosiga nisbatan «Allohu Akbar» deb ta`zim ichra bir ojizlik bilan ruku`ga ketib, maxviyyat ichra bir muhabbat va hayrat-la sajda etib, muqobala qildilar.