SOZLAR | O’n Birinchi So’z | 8
(1-12)

Hullasi kalom. Qur`on shogirdlarining oqibati shundaydir. Janobi Haq bizlarni ularday qilsin, omiyn!

           

            Ammo gunohkorlardan va buzg`unchilardan iborat boshqa guruh esa, balog`at yoshiga yetib, shu olam saroyiga kirgan vaqtlari vahdoniyatning barcha dalillariga kufroniy munosabatda bo’lib va butun ne`matlarga javoban kufron ila muqobala etib, butun mavjudotni qiymatsizga chiqarib, kofirona bir mutahhamlik ila haqorat qildilar hamda butun Asmoi Ilohiyyaning tajalliyotiga javoban rad va inkor ila muqobal etganlari uchun oz bir vaqt ichida nihoyasiz bir jinoyat qildilar, nihoyasiz bir azobga mutahaq bo’ldilar.

 

            Ha, insonga umr sarmoyasi va insoniy jihozotlar mazkur vazifalar uchun berilgandir.

 

            Ey sarsam nafsim va ey purhavas birodarim! Ajabo, vazifai hayotingiz faqatgina madaniy tarbiya ila o’zini muhofaza qilishu, ta`bir joiz bo’lsa, qorin va shahvatdangina iborat. Deya o’ylayapsizmi? Yoki, hayotingiz tazgohiga o’yib bitilgan bu nozik latoif va ma`naviyat, bu xassos a`zo va olatlar va muntazam javohir va jihozotlar hamda bu qiziquvchan havas va hissiyotning yagona g`oyasi faqat bu hayoti foniyada, razil nafsning va tuban-olchoq havaslarning qondirilishi ushun ishlatiladi, xolosmi? Yo’q va aslo unday emas! Aslida, vujudingizda ularning yaratilishi va fitratingizga joylanishining g`oyasi ikki asosga suyanadi:

 

            Biri: Janobi Mun`imi Haqiqiyning butun ne`matlarining har bir nav`ini sizga his etdirib, shukrini ado qildirmoqdan iboratdir. Siz ham ularni his etib, shukrini va ibodatini ado qilmog`ingiz lozim.

 

           
Аудио мавжуд эмас