SOZLAR | O’n Birinchi So’z | 7
(1-12)

Keyin sarvatining mo’lligini, raxmatining behisobligini ko’rsatgan ul G`aniyyi Mutlaqqa javoban faqirliklari va ehtiyojlarini izhor qildilar va duo bilan iltijo etib: «va i`yaka nasta`iyn» dedilar.

 

            So’ngra  Sone`i Zuljalolnig o’z san`atining latoiflarini, xoriqolarini va antiqalarini ko’rgazmalar orqali mahluqot namoyishgohida yoyganiga javoban «ma sha` Alloh» deya taqdir etib, «Qanday go’zal yaratilgan-a!» deya tahsin etib, «barakalloh» deb mushohada etdilar; «Amanna» deb shahodat keltirdilar va: «Kelinglar, boqinglar!» deya hayrat ichra «hayya alal falah» deb hammani shohid qilib, muqobala qildilar.

 

            Ham Sultoni Azal va Abadning koinotning chor atrofida Saltanati Rububiyyatini  e`lon va vahdoniyyatini izhor etganiga javoban uni tavhid va tasdiq etib,  «sami`na va ato’na » deya itoat va inqiyod birla muqobala qildilar.

 

            So’ngra, ul Robbul Olamiyning izhori uluhiyyatiga javoban zaiflik ichida ojizliklarini, ehtiyoj ichida faqirliklarini e`lon etadigan ubudiyyat ila, ubudiyyatining xulosasi NAMOZ ibodati ila muqobala etdilar.

           

            Yana buning kabi, rango-rang ubudiyyat vazifalari ila, Dunyo uyi deb atalgan bu olamning masjidi kabirida farizai umrlarini va vazifai hayotlarni ado etib, ahsani taqvim suratini oldilar. Butun u mahluqot ichra shunday bir martabaga chiqdilarki, quvvati iymon va amnu omonat ila jihozlangan amin bir Halifai Arz bo’ldilar. Hamda shu tajriba maydoni va imtihon dastgohidan o’tgach, Robbi Kariymlari ularni iymonlariga mukofot sifatida saodati abadiyyaga va islomiyyatlarining  evaziga dorus-salomga da`vat etib, shunday bir ikrom etdi va etayotirki, hesh qachon ko’z ko’rmagan va quloq eshitmagan va inson qalbining xotiriga kelmagan darajada porloq bir shaklda raxmatiga noil ayladi va ularga abadiyyatni va boqiylikni berdi. Chunki abadiy va sarmadiy bo’lmish bir Jamolning mushtoq tomoshabini va oyinador oshig`i, albatta, boqiy qolib, abad sari ketajakdir.

           

           
Аудио мавжуд эмас