Ikkinshisi: Olamga tajalliy etgan Muqaddas Ilohiy Ismlarning butun tajalliyotining qismlarini bitta-bittalab sizga ul jihozot vositasi ila bildirib, totdirmoqdir. Siz ham ularni totib – tanimoq ila iymon keltirmog`ingiz darkor.
Mana shu ikki asos ila kamoloti insoniyya nashvu namo topadi. Inson ham shu bilan inson bo’ladi.
Insoniyatning jihozoti, hayvon kabi, dunyoviy hayotni qozonish uchun berilmaganiga quyidagi tamsilning siri ila boq:
Masalan, bir zot bir xizmatkoriga, maxsus bir gazmoldan bir libos olgin, Deya yigirma oltin berdi. U xizmatkor borib, o’sha gazmolning eng a`losidan bir libos oldi, uni kiydi.
So’ngra ko’rdiki, ul Zot yana boshqa bir xizmatkoriga ming oltin berib, cho’ntagiga birnimalar yozilgan qog`ozni ham solib qo’ydi. Va tijoratga yubordi. Aqli joyida bo’lgan har kishi anglaydiki, bu sarmoya birgina libos olish uchun emas. Chunki avvalgi xizmatkor yigirma oltinga eng a`lo gazmoldan bitta libos olgani uchun, albatta, bu ming oltin ham birgina libos uchun sarf qilinmas. Lekin bu ikkinchi xizmatkor, cho’ntagiga solib qo’yilgan qog`ozni o’qimasdan, balki avvalgi xizmatchiga qarab, hamma pulni bitta libos olmoq ushun bir do’konchiga berib, ham u libosning eng churugidan va arqadoshining libosidan ellik daraja past libos olsa, albatta u xodim nihoyat daraja ahmoqlik qilgani uchun shiddatla ta`zib va hiddatla ta`dib etiladi.
Ey nafsim va ey arqadoshim! Aqlingizni boshingizga to’plangiz. Sarmoyai umr va iste`dodi hayotingizni hayvonday, balki hayvondan ham juda past bir darajada shu foniy hayotga va moddiy lazzatlarga sarf etmangiz. Yo’qsa sarmoya jihatidan eng oliy hayvondan ellik darajada yuksak bo’lganingiz holda eng past hayvondan ham ellik daraja pastga tushasiz.