SOZLAR | O’n Birinchi So’z | 10
(1-12)

Ey g`ofil nafsim! Sening hayotingning g`oyasini va hayotingning mohiyatini ham hayotingning sur`atini, ham hayotingning sirri haqiqatini, ham hayotingning kamoli saodatini bir darajada tushunmoq istasang boq; sening hayotingning g`oyalarining xulosasi to’qqiz amrdir.

 

            Birinchisi shudirki: sening vujudingda quyilgan tuyg`ular tarozilari bilan, raxmati ilohiyyaning xazinalarida iddihor etilgan ne`matlarni tortmoqdir va kulliy shukr etmoqdir.

 

            Ikkinchisi: sening fitratingda voz` etilgan jihozotning kalitlari bilan asmoi qudsiyayi ilohiyyaning sirli xazinalarini ochmoqdir; Zoti Aqdasni u asmo ila tanimoqdir.

 

            Uchichisi: shu tashkilgohi dunyoda, mahluqot nazarinda, asmoi ilohiyyaning senga taqgan g`arib san`atlarini va latif jilvalarini bilib o’z hayoting bilan tashxir va izhor etmoqdir.

 

            To’rtinchisi: lisoni hol va qolingla Holiqingning dargohi rububiyatiga o’z ubudiyatingni e`lon etmoqdir.

 

            Beshinchisi: bir askar o’z podshohidan olgan turli-turli nishonlarini rasmiy vaqtlarda taqib, podshohning nazarinda ko’rinib, uning iltifot asarlarini ko’rsatgani kabi, sen ham asmoi ilohiyyaning jilvalarining senga bergan latoifi insoniyya murossaotlari bilan bezanib, u Shohidi Azaliyning nazari shuhud va ishhodiga ko’rinmoqdir.

 

            Oltinchisi: tirik mavjudotlarning tazaxuroti hayotiya bo’lmish Holiqlariga o’z tahhiyotlarini va rumuzoti hayotiya bo’lmish Sone`lariga o’z tasbehotlarini va samarot va g`oyoti hayotiya bo’lmish, Vohibul hayotga arzu ubudiyatlarini bilib, mushohada etmoq, tafakkur ila ko’rib, shahodatla ko’rsatmoqdir.

 

           
Аудио мавжуд эмас