SOZLAR | O’n Birinchi So’z | 11
(1-12)

Ettinchisi: senga berilgan juz`iy ilm, qudrat va iroda singari sifat va hollaringdan kichik namunalarini qiyosning bir me`yori sifatida qabul etib, Holiqi Zuljalolning mutlaq sifatini-va muqaddas shuunini o’sha o’lchovlar ila bilishdir. Masalan, sen juz`iy iqtidoring va juz`iy ilming va juz`iy irodang ila bu uyingni bir nizom asosida ko’rgansan. Holbuki, bu olam qasri sening uyingdan naqadar buyukdir. Demak, bu olam ustasini ham o’sha nisbatda Qodiyr, Aliym, Hakiym, Mudabbir deb bilishing lozimdir.

 

            Sakkizinchi: bu olamdagi mavjudotning har biri o’zlariga xos bir til ila Holiqlarining yagonaligiga va Sone`larining rububiyatiga doir aytayotgan ma`naviy so’zlarini fahmlab bilishdir.

 

            To’qqizinchisi: ojizlik va zaiflik, faqirlik va muhtojlikning o’lchovi ila Qudrati Ilohiyya va G`inoyi Rabboniyyaning tajalliy etish darajalarini anglashdir. Masalan, taomning lazzati, darajalari va xillari ochlikning darajalari nisbatida va ehtiyojingning turlari miqdoriga qarab anglanadi. Huddi shuningdek, sen ham, nihoyasiz ojizliging va faqirliging ila nihoyasiz Qudrati va G`inoyi Ilohiyyaning darajalarini fahmlamog`ing lozim.

 

            Hullas, hayotingning g`oyalari qisqacha, shu vazifalardan iboratdir.

 

            Endi o’z hayotingning mohiyatiga bir nazar solsang, u mohiyatingning ma`nolari, qisqacha, quyidagilar ekanini ko’rasan.

 

            Ya`ni, sening hayotiy mohiyating Asmoi Ilohiyyaga oid g`aroyibotning mundarijasi… Ilohiy sifat va va shuunning bir miqyosi … ham koinotdagi olamlarning bir mezoni … ham bu olami kabirning bir ro’yhati … ham shu koinotning bir xaritasi … ham shu kitobi akbarning bir xulosasi … ham qudratning yashirin dafinalarini ochadigan bir kaliti … ham mavjudotlarga sochilgan va vaqtlarga taqilgan kamolotining bir ahsani taqvimidir.

           
Аудио мавжуд эмас