SOZLAR | O’n Birinchi So’z | 12
(1-12)

Hullas, mohiyati hayoting shular kabi amrlardan iborat.

 

Hayotingning surati va tarzi vazifasi esa  quyidagilardir:

 

Hayoting –  bir kalimai maktubadir.  Qalami Qudrat ila bitilgan hikmatnoma bir so’zdir.  Ko’rinib va eshitilib,  Asmoi Husnoga dalolat qiladi.

 

            Demak  hayotingning surati shu kabi amrlardir.

 

            Hayotingning sirri haqiqati – tajalliyi Ahadiyatga va jilvayi Somadiyatga oyina bo’lishdir  Ya`ni,  butun olamga tajalliy etayotgan ismlarning to’plangan nuqtasi hukmidagi jomi`iyyat-la Zoti Ahadi Samadga oyina bo’lishdir.

 

            Hayotingning saodat ichra kamoli -  hayotingning oyinasida aks etgan Shamsi Azaliyning nurlarini his etib sevishdir. Ongli inson sifatida Unga shavq ko’rsatishdir. Uning muhabbati uchun o’zingdan kechishdir. Qalb ko’zingning qorachig`iga nurining aksini joylashtirishdir. Seni a`loyi illiyinga chiqaradigan bir hadisi qudsiyning sharafli ma`nosi bo’lmish:

 

«man g`unjam dar samavotu zamin, az ajab g`unjam baqalbi mu`minin »

 

deyilishining boisi ham xuddi shundandir.

 

            Hullas, ey nafsim! Hayoting shunday oliy g`oyalarga qaraydi va shunday qiymatli xazinalarni o’zida jamlaydi. Hol bunday ekan, aql va insofga hech loyiqmidirki, qiymatsizlik ichra qiymatsiz bo’lgan muvaqqat nafsoniy zavqlarga, o’tkinchi dunyoviy lazzatlarga sarf etib, zoe qilmoqdasan?

 

            Agar hayotingni zoe qilishni istamasang, o’tgan tamsil va haqiqatga ishorat etaditgan «va shamsi va duhaha» 

                                                                              


surasidagi qasamni va u qasamning javobini o’ylab, unga amal qil.

Аудио мавжуд эмас