SOZLAR | O’n Birinchi So’z | 5
(1-12)

Birinshisi saodatmandlar va abrorlar guruhi bo’lib, zuljanohayn Ustodga quloq soldilar. Ul Ustod ham abddir – ubudiyyati jihatida Robbini tavsif va ta`rif etib, Janobi Haqning dargohida ummatining elshisi vazifasini bajaradi; ham rasuldir – risolat jihatida Robbining ahkomining Qur`on vositasi ila jin va insga yetkazadi.

 

            Mazkur baxtiyor jamoat ul Rasulning so’zlarini tinglab, Qur`onga quloq berdilar. O’zlarini butun ibodatlarning xulosasi bo’lmish NAMOZ ila bir qancha oliy maqomlar ichida g`oyat latif vazifalar-la liboslanganliklarini bildilar. Ha, namoz xilma-xil zikrlari va harakatlari orqali ishora qiladigan vazifalarni, maqomlarni mufassal tarzda ko’rdilar. Ya`ni:

 

            Avvalan, asarlariga boqib, g`oyibona muomala shaklida, o’zlarini Saltanati Rububiyyat go’zalliklarining tomoshabini maqomida ko’rganlari uchun, takbir va tasbih vazifasini ado etib, «Allohu Akbar», dedilar.

            Soniyan, Muqaddas Ilohiy Ismlarning jilvalari bo’lmish mislsiz go’zalliklariga va  porloq asarlariga dalolatchi maqomida: «Subhonalloh valhamdulilloh», deya taqdis va tahmid vazifasini bajo keltirdilar.

 

            Solisan, Raxmati Ilohiyyaning xazinalarida to’plangan ne`matlarni zohir va botin tuyg`ular ila totib ko’rib anglash maqomida shukr va sano vazifasini ado eta boshladilar.

 

            Robi`an, Asmoi Ilohiyyaning dafinalaridagi javharlarni ma`naviy jihozot tarozularida tortib bilish maqomida tanzih va madh vazifasiga kirishdilar.

 

            Homisan, qadar jazbari uzra qudrat qalami ila yozilgan Maktuboti Rabboniyyani mutolaa etish maqomida tafakkur va istihson vazifasini bajarishga tushdilar.

 

           
Аудио мавжуд эмас