SOZLAR | O’n Birinchi So’z | 4
(1-12)

Ey men bilan birga bu hikoyani tinglagan birodar! Albatta, u Hokimi Ziyshon bu qasrni shu mazkur maqsadlar ushun bunyod etganini anglading. U maqsadlarning ro’yobga shiqishi ikki narsaga bog`liqdir:

 

            Birinshisi: yuqorida ko’rganimiz va nutqini tinglaganimiz ustodning borligiga. Darhaqiqat, u bo’lmasa, butun maqsadlar behuda bo’lar edi. Chunki tushunilishi qiyin kitobning muallimi bo’lmas, ma`nosiz bir qog`ozdan farqi qolmaydi.

 

            Ikkinshisi: aholii ul ustodning so’zini qabul etib, tinglamog`i shartligiga.

 

            Demak, ustodning borligi qasrning borligiga sababdir va aholining uning so’zlarini tinglashlari qasrning baqosiga sababdir. Bas, shunday ekan, aytish mumkinki, shu ustod bo’lmasa edi, ul shonli podshoh bu qasrni bunyod etmasdi. Ham, yana aytish mumkinki, ul ustodning ta`limotiga aholi quloq solmay qo’ygan payt, albatta, u qasr tabdil va tahvil etilajak.

 

            Ey birodar! Hikoya shu erda bitdi. Agar bu tamsilning sirini anglagan bo’lsang, endi boq, haqiqatning yuzini ham ko’r.

           

            Hullas, ul Saroy manna shu olamdirki, uning shifti jivr-jivir yulduzlar ila yorishgan ko’k yuzidir. Poyi – sharqdan g`arbga qadar rango-rang chechaklar bilan bezatilgan er yuzidir. U podshoh esa, azal-abad sulton bo’lmish Zoti Muqaddasdirki, yetti qavat osmonu yetti qavat yer hamda shu oraliqda mavjud bo’lgan har narsa o’zlariga xos zabonlar ila ul Zotni poklab, tasbih etadilar. Ham shunday bir Podshohi Qodiyrdirki, samovot va arzni olti kunda yaratib, arshi rububiyyatida turgan ko’yi, kecha va kunduzni, qora va oq ikki chiziq kabi, bir-birining orqasidan navbat-la aylantirib, koinot sahifasida oyatlarini yozayotir. Hamda quyosh, oy va yulduzlar Uning amriga tobe` bo’lgan hashmat va qudrat sohibidir. U saroyning bo’lmalari esa, o’n sakkiz ming olamdirki, bul olamlarning har biriga o’ziga loyiq bir tarzda ziynatlangan va tartiblangandir. Hullas, ul saroyda guvohi bo’lganing g`aroyib san`atlar – Qudrati ilohiyyaning bu olamda namoyon bo’lgan mo’`jizalaridir; va ul saroyda ko’rganing taomlar – Rahmati Ilohiyyaning bu olamda, masalan, yoz mavsumida, masalan, Barla bog`larida ko’rsatayotgan samaroti xoriqolariga ishoratdir; va ul qasrning o’choq va oshxonasi esa, bu yerda bag`rida otash joylashgan Er yuzidir; va tamsilda shohid bo’lganing ul joydagi mahfiy dafinalarning javharlari – Ushbu haqiqatga ko’ra, Muqaddas Ilohiy Ismlarning jilvalariga misoldir; va tamsildagi naqshlar va ularning ramzlari esa, bu olamga ziynat berib turgan muntazam masnu`ot va mavzun qudrat qalamining naqshlaridirki, ularning barshasi Qodiyri Zuljalolning ismlariga dalolat qiladilar; va ul Ustod – sayyidimiz Muhammad alayxissalotu vassalamdir. Ul zotning muovinlari – jami payg`ambarlar alayximussalomdir. Va shogirdlari esa, avliyo va asfiyodir. Ul Saroy hokimining xizmatkorlari esa, bu olamda maloika alayximussalomga ishoradir. Tamsilda sayr va ziyofatga taklif etilgan mehmonlar – bu dunyo mehmonxonasidagi jin va insga va insonning xizmatkorlari hisoblangan hayvonlarga ishoradir; va u ikki firqaning biri – bu dunyodagi ahli iymondirki, kitobi koinot oyatlarining mufassiri bo’lmish Qur`oni Hakiymning shogirdlaridir. Ikkinshi firqa esa – ahli kufr va tug`yon, nafsiga va shaytonga tobe`, faqatgina dunyoviy hayotini o’ylovchi hayvon kabi, balki undan ham olchoqroq, kar, soqov, zalolat guruhidir.

 

           
Аудио мавжуд эмас