SOZLAR | YIGIRMА BIRINCHI SO’Z | 14
(1-14)

Agar desang: "Mo’`minlarga daraja zarar va siqilish bo’lguvchi vasvasa qay hikmatga binoan boshimizga balo bo’lgan?"

Aljavob: Haddan oshmaslik hamda g’olib kelmaslik sharti bilan, vasvasa, aslida, hushyor qilishga sababchidir; izlanishga chorlovchidir; jiddiyatga vositadir. Loqaydlikni ketkazadi, beparvolikni daf qiladi. Shuning uchun Hakiymi Mutlaq bu imtihon yerida, bu musobaqa maydonida, bizni tashviq etish qamchisi sifatida, vasvasani shaytonning qo’liga bergan. Insonning boshiga uradi. Shoyad ko’proq ranjitsa, Hakiymi Rahiymga arz etmoq va    اَعُوزُ بِاللَّهِ مِنَ الشَيْطَانِ الرَّجِيمِ demoq lozim...  

 

 

* * *

Аудио мавжуд эмас