SOZLAR | YIGIRMА BIRINCHI SO’Z | 12
(1-14)

Ikkinchi Malham: Dinda qiyinchilik yo’qdir.  لاَ حَرَجَ فِى الدِّينِ

Modomiki to’rt mazhab haqdir. Modomiki istig’forga undovchi bo’lgan o’z qusurini anglashlik, g’ururga olib boruvchi bo’lgan amalini go’zal ko’rishlikdan ko’ra, ayniqsa bunday vasvasali odam uchun, afzaldir. Ya`ni, bunday vasvasali odam, amalini go’zal ko’rib g’ururga tushgandan ko’ra, amalini qusurli ko’rib istig’for keltirgani yanada a`lodir. Modomiki bunday ekan, sen vasvasani ot, shaytonga aytki: "Bu hol, qiyinchilikdir. Haqiqiy holatdan xabardor bo’lmoq mushkuldir. Dindagi yengillikka teskaridir. يُسْرٌ اَلدِّينُ  لاَ حَرَجَ فِى الدِّينِ asosiga ziddir. Albatta bunday amalim haq mazhablarning biriga muvofiq keladi. Shuni o’zi menga kifoya. Ham, loaqal, o’z ojizligimni e`tirof etib, ibodatni loyig’icha ado etolmaganimdan, istig’for va tavba-tazarru ila Allohning marhamatiga bosh urib, qusurimni avf etilishi, qusurli amalimni qabul qilinishi uchun hokisorona yolvorishimga sabab bo’lar."

 

Beshinchi Jihat.

Iymon masalalarida shubha tarzida kelgan vasvasadir. Bechora vasvasali odam, ba`zan taxayyulni taaqqul bilan chalkashtirib qo’yadi. Ya`ni, xayolga kelgan bir shubhani, aqlga kirgan bir shubha deya vahima qilib, o’z e`tiqodiga futur yetdi deb o’ylaydi. Ham, ba`zan vahmiga kelgan bir shubhani iymonga zarar beruvchi bir shak deya gumon qiladi. Ham, ba`zan tasavvur qilgan bir shubhani, aql tasdiqlagan bir shubha deb o’ylaydi. Ham, ba`zan bir kufr ishni tafakkur qilishni, kufr keltirish deb o’ylaydi. Ya`ni, zalolatning sabablarini anglamoq suratida, tafakkurning jo’sh urishini va tadqiqotini va betarafona muhokamasini, iymonga xilof deb o’ylaydi. Nihoyat shaytoniy talqinotlarning asari bo’lgan mana shu gumonlardan hurkib: "Eyvoh! Qalbim buzilibdi, e`tiqodimga futur yetibdi," deydi. U hollar ko’pincha ixtiyorsiz ravishda bo’lganidan va uni o’zining kichik ixtiyori bilan isloh etolmaganidan tushkinlikka tushadi. Bu yaraning malhami shudirki:

Аудио мавжуд эмас