SOZLAR | YIGIRMА BIRINCHI SO’Z | 8
(1-14)

 

YIGIRMA BIRINCHI SO’ZNING

IKKINCHI MAQOMI

(Qalbning beshta yarasiga beshta malham ko’rsatadi.)

 


 

Ey vasvasa dardiga mubtalo bo’lgan odam! Bilasanmi vasvasang nimaga o’xshaydi? Musibatga o’xshaydi. Ahamiyat bergan saring shishadi, ahamiyat bermasang so’nadi. Unga katta deb qarasang, kattalashadi. Kichik deb bilsang, kichrayadi. Qo’rqsang og’irlashadi, xasta qiladi. Xavfga tushmasang yengillashadi, mahfiy qoladi. Mohiyatini bilmasang davom etadi, o’rnashib qoladi. Mohiyatini bilsang, uni tanisang ketadi. Shunday ekan, bu musibatli vasvasaning ko’plab turidan eng ko’p uchraydigan "Besh jihat"ini bayon etaman. Balki senga va menga shifo bo’lar. Zero bu vasvasa shunday narsaki, bilimsizlik uni chaqiradi, ilm esa uni haydaydi. Tanimasang kelar, tanisang ketar.

 

Birinchi Jihat — Birinchi Yara.

Shayton avvalo shubhani qalbga soladi. Agar qalb qabul qilmasa, shubhadan shatmga o’tadi. Xayolda shatmga o’xshash ba`zi iflos xotiralarni va beadab chirkin holatlarni tasvirlaydi. Qalbni "Eyvoh," dediradi; tushkunlikka tushiradi. Vasvasali odam o’z qalbini Rabbiga nisbatan beadablik qilyapti deb o’ylaydi. Mudhish bir havotir va hayajon his qila boshlaydi. Bundan qutulmoq uchun huzurdan qochadi, g’aflatga sho’ng’ishni istaydi. Shu yaraning malhami quyidagidir:

Аудио мавжуд эмас