Lemalar lot | Yigirma To’qqizinchi Lam`a | 1
(1-20)

Yigirma To’qqizinchi Lam`a

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

 

(Ifodayi Marom)

 

O’n uch yildan beri qalbim, aqlim ila birgalashib Qur`oni Mu`jizul bayonning

 

لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ ۞ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ ۞ اَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا فِى اَنْفُسِهِمْ مَا خَلَقَ اللّهُ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضَ ۞ َلآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ ۞

 

kabi oyatlar ila amr etgani tafakkur maslagiga tashviq etgani va

تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ hadisi sharifni ba`zan bir soat tafakkur bir yil ibodat hukmida bo’lganini bayon etib, tafakkurga azim tashviqot qilgani jihatla, men ham bu o’n uch yildan beri maslaki tafakkurda aql va qalbimga tazohur etgan buyuk nurlarni va uzun haqiqatlarni o’zimga muhofaza etmoq uchun ishora navidan ba`zi kalimalarni u nurlarga dalolat etmoq uchun emas, balki vujudlariga ishora va tafakkurni osonlashtirmoq va intizomni muhofaza uchun va`z etdim. G’oyat muxtalif Arabiy iboralarla o’z o’zimga u tafakkurda ketganim zamon u kalimalarni lisonan zikr etar edim.

Bu uzun zamonda va minglab dafa takrorida na menga zerikish kelar edi va na da bergan zavq nuqsonlashar edi va na da ularga ehtiyoji ruhiy zoil bo’lar edi. Chunki butun u tafakkurot, oyati Qur`oniyaning lam`alari bo’lganidan; oyatning bir xossasi bo’lgan zeriktirmaslik va go’zalligini muhofaza etmoq o’zalligining bir jilvasi, u tafakkur oynasida aks etgan.

Bu oxirda ko’rdimki: Risola-i Nurning parchalaridagi quvvatli hayot tuguni va porloq nurlar, u silsilayi tafakkurotning lam`alaridir. Menga etgan ta`sirlarni boshqa zotlarga ham yetishi tushunchasi ila, oxir umrimda majmuini qalamga olmoqni niyat etgan edim. Garchi juda muhim parchalari risolalarda qo’yilgandir; faqat hay`ati majmuasida boshqa bir quvvat va qiymat bo’ladi.

Аудио мавжуд эмас