Lemalar lot | Uchinchi Lam`a | 1
(1-5)

                                   Uchinchi Lam`a

 

(Bu Lam`aga bir daraja his va zavq qo’shilgan. His va zavqning jo’shqinliklari esa aqlning dasturlarini, fikrning me`zonlarini ko’p tinglamaganliklaridan va ko’rsatmalarini qilmadiklaridan bu Uchinchi Lam`a mantiq me`zolari bilan o’lchanilmasin.)

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلاَّ وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

 

oyatining maolini ifoda etgan ۞يَا بَاقِى اَنْتَ الْبَاقِى ۞يَا بَاقِى اَنْتَ الْبَاقِى ikki jumlasi muhim ikki haqiqatni ifoda etadilar. Shundandirki: Naqshiylarning buyuklaridan bir qismi, bu ikki jumla ila o’zlariga bir xatmayi maxsus etib muxtasar bir xatmayi Naqshiya hukmida tutadilar. Modomiki u azim oyatning maolini bu ikki jumla ifoda etadi. Biz bu ikki jumlaning ifoda etgan ikki haqiqati muhimmaning bir nechta nuqtasini bayon etamiz.

Birinchi nuqta: Birinchi marta يَا بَاقِى اَنْتَ الْبَاقِى  bir amaliyoti jarrohiya hukmida qalbni masiva*dan ajratib oladi. Shundayki: Inson mohiyati jo`meyati e`tibori ila mavjudodning hamon aksarisi ila aloqadordir. Ham insonning mohiyati jome`yasida hadsiz bir iste`dodi muhabbat joylashtirilgan. Shuning uchun inson ham umum mavjudodga qarshi bir muhabbat yetishtiradi. Ulkan dunyoni bir xonasi kabi sevadi. Abadiy jannatga bog’chasi kabi muhabbat etadi. Holbuki muhabbat etgan mavjudodi turmaydilar, ketmoqdalar. Firoqdan doimo azob chekadi. Uning u hadsiz muhabbati, hadsiz bir ma`naviy azobga mador bo’ladi. U azobni chekishda qabohat, qusr unga oiddir. Chunki qalbidagi hadsiz iste`dodi muhabbat, hadsiz bir jamoli boqiyga molik bir zotga yuzlantirish uchun berilgan. U inson sui-iste`mol etib u muhabbatni foniy mavjudodga sarf etgani jihatla qusur etadi, qusurning jazosini, firoqning azobi bilan chekadi.



* Masiva – Olloxdan boshqa hamma narsa (Tarj)

Аудио мавжуд эмас