Lemalar lot | O’n Ikkinchi Lam`a | 1
(1-8)

O’n Ikkinchi Lam`a

 

(Ra`fat Beyning ikki juz`iy savoli munosabati ila, ikki nuqtayi Qur`oniyaning bayoniga doirdir)

 

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَُمْ وَ عَلَى اِخْوَانِكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

 

Aziz siddiq qardoshim Ra`fat Bey! Sening bu muso`adasiz zamonimda savollaring, meni mushkul bir holatga qo’ydi. Bu safargi ikki savoling garchi juz`iydir. Faqat ikki nuqtayi Qur`oniyaga munosabatdor bo’lganliklaridan va kurrayi arzga doir savolingiz, Jo’g’rofiya va Astronomiyaning yetti qavat zamin va yetti tabaqa samovotga tanqidlariga tegishli bo’lganidan, men uchun ahamiyatli bo’ldi. Shuning uchun savoling juz`iyatiga boqmasdan ilmiy va kulliy bir suratda, ikki oyati karimaga doir ikki nuqta ijmolan bayon etiladi. Sen ham juz`iy savolingga qarshi undan hissa olasan.

Birinchi nuqta: «Ikki nuqta»dir.

Birinchi nuqta:

وَكَاَيِّنْ مِنْ دَابَّةٍ لاَ تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ ۞

 اِنَّ اللّهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَتِينُ

oyatlarining siricha: Rizq to’g’ridan –to’g’ri Qodiri Zuljalolning qo’lidadir va xazinayi rahmatidan chiqadi. Har bir zihayotning rizqi, Ahdi Rabboniysi ostida bo’lganidan, ochlikdan o’lmoq bo’lmasligi kerak. Holbuki zohiran ochlikdan va rizqsizlikdan o’lganlar ko’p ko’rinadi. Shu haqiqatning va shu sirning yechimi shudirki: Ahdi Rabboniy haqiqatdir. rizqsizlik sababli o’lganlar yo’qdir. Chunki u Hakimi Zuljalol, zihayotning badaniga yuborgan rizqning bir qismini ehtiyot uchun shahm va ichki yog’lar suratida zaxira etadi. Hatto u badanning har hujayrasiga yuborgan rizqning bir qismini, yana u hujayraning bir burchagida zaxira etadi. Istiqbolda xorijdan rizq kelmagan payt, sarf etmoq uchun bir ehtiyot zahirasi hukmida qoldiradi.

Аудио мавжуд эмас