Lemalar lot | O’n Ikkinchi Lam`a | 4
(1-8)

Ikkinchisi: Kurrayi Arz har qanchaki samovotga nisbatan juda kichikdir, faqat hadsiz masnuoti Ilohiyaning mashhar, mazhari, mahshar, markazi hukmida bo’lganidan; qalb, jasadga muqobil kelgani kabi, Kurrayi Arz ham katta hadsiz samovotga qarshi bir qalb va ma`naviy bir markaz hukmida bo’lib muqobil keladi.

Shuning uchun zaminning kichik miqyosda eskidan beri yetti(*) iqlimi; ham Yevropa, Afrika, Okeaniya, ikki Osiyo, ikki Amerika nomlari ila tanilgan yetti qit`asi; ham dengiz ila barobar sharq, g’arb, shimol, janub, bu yuzdagi va Yangi Dunyo yuzidagi ma`lum yetti qit`asi; ham markazidan to ustki qatlamiga qadar hikmatan, fannan sobit bo’lgan birlashgan va xilma-xil yetti tabaqasi, ham zihayot uchun madori hayot bo’lgan yetmish oddiy va juz`iy elementlarni ichiga olib va «yetti qavat» ta`bir etilgan mashhur yetti navi kulliy unsurni; ham to’rt unsur deyilgan suv, havo, olov, tuproq ila barobar, "uch unsur" deyilgan ma`dan, nabotot va hayvonotning yetti tabaqalari va yetti qavat olamlari; ham jin va ifrit va boshqa xilma-xil zishuur va zihayot maxluqlarning olamlari va maskanlari bo’lgani, ko’plab ahli kashf va ashobi shuhudning shahodati ila sobit  yetti qat zaminning olamlari; ham Kurrayi Arzimizga o’xshagan yetti boshqa sayoralar ham bo’lishiga, zihayotga qarorgoh va maskan bo’lishiga ishoratan yetti tabaqa, ya`ni yetti kurrayi arziya bo’lishiga ishoratan Kurayi Arz ham, yetti tabaqa oyati Qur`oniyadan fahm etilgandir.

Mana yetti navi ila yetti tarzda, yerning yetti tabaqasi mavjud bo’lgani namoyon bo’ladi. Sakkizinchisi bo’lgan oxirgi ma`no, boshqa nuqtayi nazarda ahamiyatlidir; u yettitaga dohil emasdir.

Uchinchisi: Modomiki Hokimi Mutloq isrof etmaydi, foydasiz narsalarni yaratmaydi. Va modomiki maxluqotning vujudlari, zishuur uchundir va zishuurla kamolini topadi va zishuurla shonlanadi va zishuurla foydasizlikdan qutiladi. Va modomiki bilmushohada u Hokimi Mutloq, u Qodiri Zuljalol, havo unsurini, suv olamini, tuproq tabaqasini hadsiz zihayotlarla shonlantiryapti. Va modomiki havo va suv, hayvonotning harakatlanishiga mone` bo’lmagani kabi; tuproq, tosh kabi qattiq moddalar, elektr va rentgen kabi moddalarning sayriga mone` bo’lolmaydilar. Albatta u Hakimi Zulkamol, u Sone`i Bezavol, Kurrayi Arzimizning markazidan boshlab to maskanimiz va markazimiz bo’lgan bu ustki qatlamga qadar bir-biriga birlashgan yetti kulliy tabaqani va keng maydonlarini va olamlarini va g’orlarini bo’sh va xoli qoldirmas. Albatta ularni shonlantirgan. U olamlarning shonlanishiga munosib va muvofiq zishuur maxluqlarni yaratib u yerda maskan qildirgan. U zishuur maxluqlar, modomiki maloika jinsidan va ruhoniy anvolaridan bo’lishi lozim keladi. Albatta eng nursiz va qattiq tabaqa, ularga nisbatan, baliqqa nisbatan dengiz va qushga nisbatan havo kabidir. Hatto zaminning markazidagi mudhish otash ham, u zishuur maxluqlarga nisbati, bizlarga nisbatan Quyoshning harorati kabi bo’lmoqni iqtizo etadi. U zishuur ruhoniylar nurdan bo’lganlari uchun, olov ularga nur kabi bo’ladi.



(*)Sab`a ila barobar yetti kalimasi yetti karra tavofuqi juda go’zal tushgan.

Аудио мавжуд эмас