Lemalar lot | O’n Ikkinchi Lam`a | 2
(1-8)

Mana shu zaxira qilingan ehtiyot rizqi bitmasdan avval o’ladilar. Demak u o’lmoq, rizqsizlikdan emasdir. Balki suyi ixtiyordan tavallud etgan bir odat va u suyi ixtiyordan va odatning tarkidan nash`at etgan bir kasallikla o’ladilar. Darhaqiqat zihayotning badanida shahm suratida zaxira etilgan rizqi fitriy, haddi vasat bo’lib qirq kun mukammalan davom etadi. Hatto bir kasallikning yoki bir holati ruhoniy natijasida ikki qirqni o’tadi. Hatto bir odam, qattiq bir qaysarlik yuzidan London qamoqxonasida yetmish kun sihhat va salomatlik bilan hech narsa yemasdan hayoti davom etganini 13, hozir 39 yil oldin gazetalar yozganlar. Modomiki qirq kundan yetmish-sakson kunga qadar rizqi fitriy davom etadi va madomiki Razzoq ismi, g’oyat keng bir suratda ro’yi zaminda jilvasi ko’rinadi va madomiki hech umid etilmagan bir tarzda ko’krakdan va yog’ochdan rizqlar oqadi, boshini ko’rsatadi. Agar ko’p yomon bashar, suyi ixtiyori ila ta`sir etib qo’shilmasa, har holda rizqi fitriy bitmasdan oldin u zihayotning yordamiga u ism yetishadi, ochlikdan o’lishga yo’l bermaydi. Unday bo’lsa: Ochlikdan o’lganlar, agar qirq kundan avval o’lsalar, qat`iyan rizqsizlikdan emasdir. Balki «Tarkul odat minal muxlikat» siri ila, suyi ixtiyordan kelgan bir odat va tarki odatdan nash`at etgan bir illatdan, bir kasallikdan kelib chiqqandir. Unday bo’lsa: Ochlikdan o’lish bo’lmas, deyilabilir. Darhaqiqat bilmushohada ko’rinadiki: Rizq, iqtidor va ixtiyor bilan teskari mutanosibdir. Masalan: Hali dunyoga kelmasdan oldin bir chaqaloq, rahmi modarda ixtiyor va iqtidordan butun butun mahrum bo’lgani bir zamonda, og’zini qimirlatishga muhtoj bo’lmagan tarzda rizq beriladi. So’ng dunyoga kelgan payt, iqtidor va ixtiyori yo’q, faqat bir daraja iste`dodi va qobiliyatiga ko’ra bir hissi bo’lganidan, yolg’iz og’zini yopishtirmoq qadar bir harakatga ehtiyoj ila eng mukammal va eng to’yimli va hazmi eng oson va eng latif bir suratda va eng ajib bir fitratda, ko’kraklar chashmasidan og’ziga beriladi. So’ng iqtidor va ixtiyorga bir daraja aloqa paydo etish bilan, u oson va chiroyli rizq, bir daraja, bolaga qarshi nozlanishni boshlaydi. U ko’kraklar chashmalari kesiladi, boshqa yerlardan rizq yuboriladi. Faqat iqtidor va ixtiyori, rizqni ta`qib etishga holati bo’lmagani uchun, Razzoqi Karim padar va volidasining shafqat va marhamatlarini, iqtidor va ixtiyorlariga yordamchi qilib yuboradi. Qachoniki iqtidor va ixtiyori takomil etar, u vaqt rizqi unga yugurmas va yugurtirilmas. Rizq o’rnida turadi. deydi: «Kel meni qidirgin va topgin va olgin!» Demak rizq, iqtidor va ixtiyor ila teskari mutanosibdir. Hatto ko’p risolalarda bayon etgan ediki: Eng ixtiyorsiz va iqtidorsiz hayvonlar, yaxshiroq yashaydilar, yaxshiroq boqiladilar.

Аудио мавжуд эмас