Lemalar lot | O’n Ikkinchi Lam`a | 3
(1-8)

Ikkinchi nuqta: Imkonning turlari bor. Imkoni aqliy, imkoni urfiy, imkoni oddiy kabi qismlari bordir. Bir hodisa, agar imkoni aqliy darajasida bo’lmasa, rad etiladi; imkoni urfiy darajasida bo’lmasa ham, mo’`jiza bo’ladi faqat osoncha karomat bo’lolmaydi. Agar urfan va qoidaga ko’ra misoli topilmasa, shuhud darajasida bir burhoni qat`iy ila faqat qabul etiladi.

Mana shu sirga binoan qirq kun taom yemagan Sayyid Ahmadi Badavining horiquloda hollari, imkoni urfiy doirasidandir. Ham karomat bo’ladi, ham horiquloda bir odati ham bo’lishi bo’lishi mumkin. Darhaqiqat Sayyid Ahmadi Badaviyning (K.S.) ajib va ruhoniy hollarda bo’lgani, tavotur darajasida naql etiladi. Qirq kunda bir marta ovqat yeyishi, sodir bo’lgan. Faqat har vaqt unday emas. Karomat navidan ba`zan bo’lgan. Bir ehtimol borki: Xolati ruhoniyasi, yeyishga ehtiyoj ko’rmagani uchun, unga nisbatan odat hukmiga kirgan. Sayyid Ahmadi Badaviy (K.S.) kabi ko’p avliyolardan bu tarz horiqolar sog’lom shaklda rivoyat etilgan. Modomiki Birinchi Nuqtada isbot etganimiz kabi; to’plangan rizq, qirq kundan ortiq davom etadi va u miqdor yemaslik, odatan mumkindir va sog’lom shaklda horiqo odamlardan u hol rivoyat etilgan. Albatta inkor etilmaydi.

IKKINCHI SAVOL munosabati ila ikki muhim masala bayon etiladi. Chunki Jo’g’rofiya va Astronomiya fanlarining qisqacha qonunlari ila va tor dasturlari ila va kichik mezonlari ila Qur`onning samovotiga chiqolmaganlaridan va oyatning yulduzlaridagi yetti qavat ma`nolarni kashf etolmaganliklaridan oyatni tanqid, balki inkoriga devonachasiga harakat qilganlar.

Birinchi Muhim Masala: Samovot kabi yerning ham yetti tabaqa bo’lishiga doirdir. Shu masala, yangi zamonning faylasuflariga haqiqatsiz ko’rinadi. Ularning yerga va samovotga doir bo’lgan fanlarni qabul etmaydi. Buni vosita qilib ba`zi haqoiqi Qur`oniyaga e`tiroz etadilar. Bunga doir muxtasaran bir nechta ishorat qilamiz.

Birinchisi: Avvalo: Oyatning ma`nosi boshqadir va u ma`nolarning afrodi va masadaqlari boshqadir. Mana shu kulliy ma`noning ko’plab afrodidan bir fardi topilmasa, u ma`no inkor etilmas. Samovotning yetti tabaqasiga va yerning yetti qavatiga doir ma`noyi kulliysining ko’p afrodidan yetti masadaq zohiran ko’rinadi. Soniyan: Oyatning sarohatida «yetti qat zamin» deyilmagan.

اَللّهُ الَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَموَاتٍ وَمِنَ اْلاَرْضِ مِثْلَهُنَّ

ila oxir. Oyatning zohiri deydiki: «Zaminni ham u yetti samovot kabi xalq etgan va maxluqotiga maskan tayin etgan.» Yetti tabaqa qilib xalq etdim demaydi. Misliyat esa maxluqiyat va maxluqotga maskaniyat jihati ila bir tashbehdir.

Аудио мавжуд эмас