Yettinchi Lam`a
Surayi Fathning oxiridagi oyatning yetti navi ixbor-i g’aybiyasiga doirdir.
Surayi Fathning bu uch oyatining ko’p vujuh-u i`jozi bordir. Qur`oni Mo’`jizul Bayonning o’n vujuh-u kulliyayi i`joziyasidan ixbor-i bilg’ayb vajhi, shu uch oyatda yetti-sakkiz vajhla ko’rinadi.
Birinchisi:لَقَدْ صَدَقَ اللّهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا ila oxir. Fathi Makkani bo’lishidan oldin qat`iyatla xabar beradi. Ikki yil so’ng xabar bergani tarzda sodir bo’lgan.
Ikkinchisi: فَجَعَلَ مِنْ دُونِ ذلِكَ فَتْحًا قَرِيبًا ifoda etadiki: Sulhi Xudaybiya, garchi zohiran Islom zarariga bo’lgan va Qurayshiylar bir daraja g’olib ko’ringan bo’lgani holda ma`nan Sulhi Xudaybiya, ma`naviy buyuk bir fath hukmida bo’ladi va boshqa fathlarning ham kaliti bo’ladi deya xabar beradi. Haqiqattan, Sulhi Xudaybiya ila garchi moddiy qilich, g’ilofiga muvaqqatan qo’yildi. Faqat Qur`oni Hakimning chaqmoqdek olmos qilichi chiqdi, qalblarni, aqllarni fath etdi. Sulh munosabati ila bir-biri bilan aralashib ketdilar. Islomiyat go’zalligi, Qur`on nuri, inod va qavm odatlari pardalarini yirtib, hukmlarini ijro etdilar. Masalan: Bir urush dahosi bo’lgan Xolid Bin Valid va bir siyosat dahosi bo’lgan Amr Ibn-ul Os kabi, mag’lubiyatni qabul qilmaydigan zotlar, Sulhi Xudaybiya ila jilvasini ko’rsatgan sayfi Qur`oniy ularni mag’lub etib, Madinayi Munavvaraga kamoli itoat ila Islomiyatga gardandoda-i taslim bo’lgandan so’ng Hazrati Xolid, bir «Sayfulloh» shakliga kirdi va futuhoti Islomiyaning bir qilichi bo’ldi.