Lemalar lot | Yettinchi Lam`a | 2
(1-9)

Muhim bir savol: Faxri Olamin va Habibi Robbul Olamin Hazrati Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Sahobalarining, mushriklarga qarshi Uhudning nihoyasida va Xunaynning boshlanishida mag’lubiyatining hikmati nedir?

Aljavob: Mushriklar ichida, u zamonda Sahoba safida bo’lgan akobiri Sahobaga istiqbolda muqobil keladigan Hazrati Xolid kabi ko’p zotlar bo’lishidan, shonli va sharafli bo’lgan istiqbollari nuqtayi nazaridan butun-butun izzatlarini sindirmaslik uchun, hikmati Ilohiya, hasanoti istiqboliyalarining bir oldindan berilan mukofoti tarzida moziyda ularga bergan, butun-butun izzatlarini sindirmagan. Demak moziydagi Sahobalar, istiqboldagi Sahobalarga qarshi mag’lub bo’lganlar. Toki u istiqbol Sahobalari, qilich yaltirog’i qo’rquvi bilan emas, balki nuri haqiqat shavqi ila Islomiyatga kirsin va u hashmati fitriyalari ko’p zillat chekmasin.

Uchinchisi: لاَ تَخَافُونَ qaydi ila xabar bermoqdaki: «Sizlar amniyati mutloq ichida Ka`bani tavof etasizlar.» Holbuki Jaziratul Arabdagi badaviy qavmlar, ko’pi dushman bo’lishi bilan birga, Makka atrofii va Quraysh qabilasining qismi a`zami dushman ekan, yaqin bir zamonda hech xavf his etmasdan Ka`bani tavof etasiz xabari ila Jaziratul Arabni itoat ostiga va butun Qurayshiy Islomiyat ichiga va amniyati tomma o’rnatilishiga, dalolat va xabar beradi. Aynan xabar bergani kabi sodir bo’lgan.

To’rtinchisi:

 هُوَ الَّذِى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَ دِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ

Kamoli qat`iyatla xabar bermoqdaki: «Rasuli  Akram Alayhissalotu Vassalamning keltirgan dini, umum dinlarga g’olib bo’ladi.» Holbuki u zamonda yuzlab million tobe`ligi bo’lgan Nasroniy va Yahudiy va Majusiy dinlari va Rim, Xitoy va Eron hukumati kabi million tobe`ligi bo’lgan jahongir davlatlarning rasmiy dinlari bor ekan, o’zi kichik qabilasiga qarshi tom g’alaba qilolmagan bir vaziyatda bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning keltirgan dini, umum dinlarga g’olib va umum davlatlarga muzaffar bo’lishini xabar beradi. Ham g’oyat aniq va qat`iyatla xabar beradi. Istiqbol, u xabari g’aybiyni, Bahri Muhiti Sharqiydan Bahri Muhiti G’arbiyga qadar Islom qilichining uzanishi bilan tasdiq etgandir.

Аудио мавжуд эмас