Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 1
(1-12)

 

Yigirma Sakkizinchi Lam`a

 

(Ba`zi qismlari bu yerga kiritilgan bu risolaning tamomi, taksir Lam`alar majmuasida nashr etilgan)

 

Ikkinchi Nuqta

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَاْلاِنْسَ اِلاَّ لِيَعْبُدُونِ

مَا اُرِيدُ مِنْهُمْ مِنْ رِزْقٍ وَمَا اُرِيدُ اَنْ يُطْعِمُونِ

اِنَّ اللّهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَتِينُ

Shu oyati karimaning zohir ma`nosi ko’p tafsirlarning bayoniga ko’ra yuksak i`jozi Qur`oniyni ko’rsatmaganidan, ko’p payt zehnimga tegardi. Qur`onning fayzidan kelgan g’oyat go’zal va yuksak ma`nolaridan uch vajhini qisqacha bayon etamiz.

Birinchisi: Janobi Haq, Rasuliga oid bo’la oladigan ba`zi hollarni, Rasulini hurmat va sharaflantirmoq nuqtasidan ba`zan o’ziga isnod etadi.

Mana bu yerda ham: «Rasulim sizga vazifayi risolat va tablig’i ubudiyat xizmatiga muqobil sizdan bir ajr va ujrat va mukofot, bir taom istamas.» ma`nosida, «Men sizni ibodat uchun xalq etganman; menga rizq bermoq va taom bermoq uchun emas.» ma`nosidagi oyat, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid taom va rizqni murod etmoq kerakdir. Bo’lmasa g’oyat badihiy bir ma`lumi bildirish qobilida bo’ladi; i`jozi Qur`onning balog’atiga uyg’un kelmas.

Ikkinchi vajh: Inson rizqqa ko’p mubtalo bo’lgani uchun, rizq uchun ishlamoq bahonasi, ubudiyatga mone` tavahhum etib, o’ziga bir uzr topmaslik uchun oyati karima deydiki: «Siz ubudiyat uchun xalq bo’lgansiz. Natijayi hilqatingiz ubudiyatdir. Rizq uchun ishlamoq, amri Ilohiy nuqtasida bir navi ubudiyatdir. Mening maxluqotim va rizqlarini yetkazishni bo’ynimga olganim nafslaringiz va oilangiz va hayvonlaringizning rizqini ta`minlamoq, odatda menga oid rizq va taomni izhor etmoq uchun yaratilmagansiz. Chunki Razzoq menman. Sizning yaqinlaringiz bo’lgan bandalarimning rizqini men beraman. Siz buni bahona qilib ubudiyatni tark etmangiz!» Agar bu ma`no bo’lmasa Janobi Haqqa rizq bermoq va taomlantirmoq maholiyati badihiy va ma`lum bo’lganidan, ma`lumni bildirish qobilindan bo’ladi. Ilmi Balog’atda bir qoidayi muqaddardirki: Bir kalomning ma`nosi ma`lum va badihiy bo’lsa, u ma`no murod emas, uning bir lozimi, bir tabiiy muroddir. Masalan, sen birisiga desang: «Sen Hofizsan» U, ma`lumni bildirish qobilindan bo’ladi. Demak maqsud ma`nosi budirki: «Men sening xofiz bo’lganingni bilaman.» Bilganimni bilmagani uchun unga bildiryapman.

Mana shu qoidaga binoan, oyat Janobi Haqqa rizq berishni va taomlantirmoqni rad etishdan kinoya bo’lgan ma`no shudir: «Menga oid bo’lib va rizqlarini berishni bo’ynimga olganim maxluqotimga rizq yetishtirmoq uchun yaratilmagansiz. Balki asl vazifangiz ubudiyatdir. Amrlarimga ko’ra rizqqa yugurish ham bir navi ibodatdir.»

Аудио мавжуд эмас